Guliston tumanidagi traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini hamda asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (429-son)
14.02.2018
Sirdaryo viloyati Guliston tuman hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi Vazirligining Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y, 50-son, 559-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan (roʻyxat raqami 2452, 25.04.2013-y) (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami 2013-y, 17-son 229-modda) tumanda 2018-yil qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asoslanib, qaror qilaman:
1. Tumanda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxona, tashkilot, mashina-traktor parki aksiyadorlik jamiyati, muqobil mashina traktor parklari, fermer xoʻjaliklar va fuqarolarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika hamda asbob uskunalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 1-ilovaga* muvofiq, tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova berilmaydi.
2. Tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha inspektor (M. Xolboyev)ga:
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik va meliorativ yoʻl-qurilish texnika vositalari, mashina asbob-uskunalarni yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi jadvalni yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha rusumli qishloq xoʻjalik va meliorativ yoʻl-qurilish texnika vositalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maydonchalariga yigʻish;
texnik koʻrikdan oʻtgan texnikalarni dalolatnomalar asosida ishlashga ruxsat berishni tashkil qilish vazifasi topshirilsin.
3. Barcha korxona, tashkilot, mashina traktor parki aksiyadorlik jamiyatlari, muqobil mashina traktor parklari, fermer xoʻjaliklari rahbarlariga:
hisobida mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ, yoʻl-qurilish texnikalarini, mashina va asbob-uskunalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tayyorlab, belgilangan maydonchalarga yigʻish va texnik koʻrikka taalluqli toʻlovlarni toʻlanishini taʼminlash topshirilsin.
4. Tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari M. Xaitovga tumandagi korxona, tashkilot, mashina traktor parki aksiyadorlik jamiyati, muqobil mashina traktor parklari, fermer xoʻjaliklari va fuqarolarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ yoʻl-qurilish texnikalarini, mashina asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan yigʻimlarni toʻlashga amaldagi tartiblarga asosan amaliy yordam berish topshirilsin.
5. Ushbu qaror kuchga kirishi bilan tuman hokimining 2017-yil 25-fevraldagi 216-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Qarorning bajarilishini nazorat qilish tumani hokimining birinchi oʻrinbosari B. Salimetov zimmasiga yuklatilsin.
7. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilinganidan yoki hokimlik rasmiy veb-saytiga joylashtirilganidan soʻng qonuniy kuchga kiradi.
Hokim A. IBODULLAYEV
Dehqonobod sh.,
2018-yil 14-fevral,
429-son
Tuman hokimining 2018-yil 14-fevraldagi 429-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi tarkibi
1. M. Xolboyev “Davtexnazorat” inspeksiyasi Guliston tumani qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha inspektori, komissiya raisi 2. S. Safarov tuman MTP OAJ raisi 3. R. Tojiboyev tuman IIB YXXB boshligʻi 4. E. Bibalayev tuman hokimligi bosh mutaxassisi
