Tumanda traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (311-son)
14.02.2018
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tuman hokimining
Qarori
“Mahalliy davlat xokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil. 6-dekabrdagi 345-sonli karori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining mashina va asbob-uskunalarining texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inespeksiyasi toʻgʻrisida”gi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y, 50-son, 559-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga asosan (roʻyxat raqami 2452, 25.04.2013-y) (Oʻzbekiston Respublikasi Konun hujjatlari toʻplami 2013-y, 17-son 229-modda) tumanda 2018-yilda qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida, qaror qilaman:
1. Tumanda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar korxona, tashkilot, mashina-traktor parki aksiyadorlik jamiyati, muqobil mashina traktor parklari, fermer xoʻjaliklar va fuqarolarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina traktor-parklari, ustaxonalari va servis punktlarining asbob-uskunalarini hisobga olish va ularning texnik holatini yillik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 1-ilovaga*, texnik koʻrikdan oʻtkazish buyicha komissiya tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
2. Tumanda qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha inspektor (B. Baydullayev)ga:
mulkchilik shaklidan qati nazar barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik meliorativ yoʻl-qurilish texnika vositalari, mashina asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi jadvalni yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
mulkchilik shaklidan qati nazar barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik meliorativ yoʻl-qurilish texnika vositalari, mashina asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maydonchalariga yigʻish;
Texnik koʻrikdan oʻtkazish texnikalarini dalolatnomalar asosida ishlashga ruxsat berishni tashkil qilish vazifasi topshirilsin.
3. Barcha korxona, tashkilot, mashina traktor parki aksiyadorlik jamiyatlari, muqobil mashina traktor parklari, fermer xoʻjaliklari rahbarlariga:
hisobida mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaliga va meliorativ, yoʻl kurilish texnikalarini, mashina va asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tayyorlab, belgilangan maydonchalarga yigʻish va texnik koʻrikga taalluqli toʻlovlarni toʻlanishini taʼminlash topshirilsin.
4. Tuman hokimining oʻrinbosari Sh. Xudoybergenovga tumandagi korxona, tashkilot, mashina traktor parki aksiyadorlik jamiyati, muqobil mashina traktor turlari, fermer xoʻjaliklari va fuqarolarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ yoʻl-qurilishi texnikalarini, mashina asbob-uskunalarini xisobga olish va ularning texnik xolatini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan yigʻimlarni toʻlashga amaldagi qonunlarga asosan amaliy yordam berish topshirilsin.
5. Mazkur qaror qabul kilinishi munosabati bilan 2017-yil 17-yanvardagi tuman hokimining 82-sonli karori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur karornnng ijrosini nazorat kilish tuman xokimining oʻrinbosari Sh. Xudoybergenov zimmasiga yuklaltilsin.
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan va hokimlik veb-saytga joylashtirilgandan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim B. MIRZAQULOV
Sayhun sh.,
2018-yil 14-fevral,
311-son
