Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (303-son)
12.02.2018
Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimining
Qarori
“Mahalliy davlat xokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 6-dekabrdagi 345-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining mashina va asbob-uskunalarini texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inespeksiyasi toʻgʻrisida”gi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y, 50-son, 559-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxona va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan (roʻyxat raqami 2452, 25.04.2013-y), (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami 2013-y, 17-son 229-modda) tumanda 2018-yilda qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxona va servis punktlarining, asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Tumanda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar korxona, tashkilot, mashina-traktor parki aksiyadorlik jamiyati, muqobil mashina traktor parklari, fermer xoʻjaliklar va fuqarolarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina traktor-parklari, ustaxonalari va servis punktlarining asbob-uskunalarini hisobga olish va ularning texnik holatini yillik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 1-ilovaga*, texnik koʻrikdan oʻtkazish buyicha komissiya tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
2. Sirdaryo viloyat “Davtexnazorat” inspeksiyasining qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha tuman davlat-inspektori T. Mirzakarimovga:
mulkchilik shaklidan qati nazar barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik meliorativ yoʻl-qurilish texnika vositalari, mashina asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi jadvalni yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
mulkchilik shaklidan qati nazar barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik meliorativ yoʻl-qurilish texnika vositalari, mashina asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maydonchalariga yigʻish;
texnik koʻrikdan oʻtgan texnikalarini dalolatnomalar asosida ishlashga ruxsat berishni tashkil qilish vazifasi topshirilsin.
3. Barcha korxona, tashkilot, mashina traktor parki aksiyadorlik jamiyatlari, muqobil mashina traktor parklari, fermer xoʻjaliklari rahbarlariga:
hisobida mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaliga va meliorativ, yoʻl kurilish texnikalarini, mashina va asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tayyorlab, belgilangan maydonchalarga yigʻish va texnik koʻrikga taalluqli toʻlovlarni toʻlanishini taʼminlash topshirilsin.
4. Tuman hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarn I. Maxmudovga tumandagi korxona, tashkilot, mashina traktor parki aksiyadorlik jamiyati, muqobil mashina traktor parklari, fermer xoʻjaliklari va fuqarolarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ yoʻl-qurilishi texnikalarini, mashina asbob-uskunalarini xisobga olish va ularning texnik xolatini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan yigʻimlarni toʻlashga amaldagi qonunlarga asosan amaliy yordam berish topshirilsin.
5. Qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari I. Maxmudov zimmasiga yuklaltilsin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim R. BOBOYEV
Xovos t.,
2018-yil 12-fevral,
303-son
