Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda nogironligi boʻlgan shaxslar band boʻlgan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish natijalari boʻyicha sanitariya-texnik holatni pasportlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (2983-son)
16.03.2018
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 16-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2983]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son “Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda nogironligi boʻlgan shaxslar band boʻlgan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish natijalari boʻyicha sanitariya-texnik holatni pasportlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2018-yil 25-yanvar,
4-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2018-yil 25-yanvardagi 4-B-son buyrugʻiga ILOVA
Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda nogironligi boʻlgan shaxslar band boʻlgan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish natijalari boʻyicha sanitariya-texnik holatni pasportlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son “Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) nogironligi boʻlgan shaxslar band boʻlgan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan (bundan buyon matnda attestatsiya deb yuritiladi) oʻtkazish natijalari yuzasidan sanitariya-texnik holatni pasportlashtirish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Tashkilotlarda nogironligi boʻlgan shaxslar band boʻlgan ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2. Nogironligi boʻlgan shaxslar band boʻlgan ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish natijasida tashkilotning attestatsiya komissiyasi tomonidan tashkilotdagi sanitariya-texnik holatning pasporti (bundan buyon matnda pasport deb yuritiladi) tuziladi.
3. Pasport tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi va tashkilotda saqlanadi.
2-bob. Pasportni rasmiylashtirish
4. Pasport mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
5. Pasport quyidagi maʼlumotlardan iborat boʻladi:
tashkilotning nomi, idoraviy mansubligi (agar idoraviy mansub boʻlsa) hamda manzili koʻrsatilgan titul varaq;
tashkilot xodimlari toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar (1-jadval);
nogironligi boʻlgan shaxslarning ehtiyojlari uchun moslashtirilgan sanitariya-maishiy va yordamchi xonalar va jihozlar hamda yaratilgan qulayliklar toʻgʻrisida maʼlumotlar (2-jadval);
nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan boʻlinma (sex) toʻgʻrisida maʼlumotlar (3-jadval);
nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan boʻlinmadagi (sexdagi) xodimlar hamda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan joylar soni toʻgʻrisida maʼlumotlar (4-jadval);
nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan boʻlinmadagi (sexdagi) ish joylarining mehnat sharoitlari holati toʻgʻrisida maʼlumotlar.
Pasportga Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda toʻldirilgan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi ilova qilinadi.
6. Pasportning 1-jadvalida (Tashkilot xodimlari toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar) tashkilotda ishlayotgan xodimlar, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Bunda:
xodimlarning umumiy soni tashkilotning maʼlumotiga koʻra aniqlanadi;
nogironligi boʻlgan shaxslar haqida (nogironlik guruhi) aniq maʼlumotlarni kiritish uchun tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi maʼlumotlaridan foydalaniladi;
malakasini oshirgan yoki yangi kasbni egallagan nogironligi boʻlgan shaxslar malakasini oshirganligini yoxud yangi kasbni egallaganligini tasdiqlovchi hujjatga asosan aniqlanadi.
7. Pasportning 2-jadvalida (Nogironligi boʻlgan shaxslarning ehtiyojlari uchun moslashtirilgan sanitariya-maishiy va yordamchi xonalar va jihozlar hamda yaratilgan qulayliklar haqida maʼlumotlar) nogironligi boʻlgan shaxslarning ehtiyojlari uchun moslashtirilgan (moʻljallangan) sanitariya-maishiy va yordamchi xonalar, jihozlar hamda yaratilgan boshqa qulayliklar haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Bunda 2-jadvalning 3-ustunida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirilishi lozim boʻlgan xonalarning (jihozlarning, yaratilgan boshqa qulayliklarning) soni sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlaridan kelib chiqib koʻrsatiladi.
8. Pasportning 3-jadvali (Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan boʻlinma (sex) toʻgʻrisida maʼlumotlar) nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan har bir boʻlinma (sex) boʻyicha tuziladi.
9. Pasportning 4-jadvali (Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan boʻlinmadagi (sexdagi) xodimlar hamda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan joylar soni toʻgʻrisida maʼlumotlar) nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan har bir boʻlinma (sex) boʻyicha tuziladi.
Bunda nogironligi boʻlgan shaxslar haqida (nogironlik guruhi) aniq maʼlumotlarni kiritish uchun tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi maʼlumotlaridan foydalaniladi.
10. Pasportdagi nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan boʻlinmadagi (sexdagi) ish joylarining mehnat sharoitlari toʻgʻrisida maʼlumotlar Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq mehnat sharoitlari, mehnat jarayonining ogʻirligi va tigʻizligi, asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish natijasida tuziladi.
3-bob. Yakuniy qoida
11. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi bilan kelishilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. SHADMANOV
2018-yil 23-yanvar
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
2018-yil 24-yanvar
Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda nogironligi boʻlgan shaxslar band boʻlgan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish natijalari boʻyicha sanitariya-texnik holatni pasportlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Tashkilot xodimlari toʻgʻrisida umumiy MAʼLUMOTLAR 1-jadval T/r Maʼlumotlar Koʻrsatkichlar 1 2 1. Xodimlarning umumiy soni, jami: Shulardan nogironligi boʻlgan shaxslar: shu jumladan: erkaklar ayollar 2. I guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, jami: shu jumladan: erkaklar ayollar II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, jami: shu jumladan: erkaklar ayollar III guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, jami: shu jumladan: erkaklar ayollar 3. Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalanadigan ixtisoslashtirilgan boʻlinma (sex) soni (agar mavjud boʻlsa) 4. Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish joylarining umumiy soni 5. Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan ish joylarining soni (agar mavjud boʻlsa) 6. Malakasini oshirgan nogironligi boʻlgan shaxslar soni Yangi kasbni egallagan nogironligi boʻlgan shaxslar soni 7. Xodimlarga tibbiy xizmat koʻrsatish shakli: poliklinika / tibbiy sanitariya qismi
Nogironligi boʻlgan shaxslarning ehtiyojlari uchun moslashtirilgan sanitariya-maishiy va yordamchi xonalar va jihozlar hamda yaratilgan qulayliklar toʻgʻrisida MAʼLUMOTLAR 2-jadval T/r Maishiy xonalar, jihozlar hamda yaratilgan qulayliklar Umumiy soni Shulardan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirilgan soni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq amalda 1 2 3 4 1. Garderobxonalar 2. Javonlar soni 3. Dushxonalar 4. Yuvinish xonalari 5. Sanuzellar: unitazlar polusti chashalar pisuarlar tashqarida joylashgan hojatxona 6. Ayollarning shaxsiy gigiyenasi uchun xonalar 7. Dam olish uchun xonalar 8. Kiyimlarni quritish va tozalash uchun xonalar 9. Ichimlik suv bilan taʼminganlik: ichimlik suv favvorachalari saturator qurilmalari elektr suv qaynatgichlari 10. Oshxonada oʻtirish joylari soni Shundan: qoʻltiq tayoqda harakatlanuvchi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun Nogironlik aravachasida harakatlanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun
Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan boʻlinma (sex) toʻgʻrisida MAʼLUMOTLAR _________________________________ (boʻlinma (sex) nomi) 3-jadval T/r Koʻrsatkichlar 1-ustunda koʻrsatilganlardan biri yoki bir nechtasi koʻrsatiladi 1 2 1. Boʻlinma (sex) joylashgan joy: umumiy xonada moslashtirilgan xonada maxsus konstruksiyalangan xonada ochiq maydonda 2. Ventilyatsiya tizimi: tabiiy (aeratsiya) sunʼiy umumalmashuvchi konditsiyalash bilan umumiy oqimli konditsiyalashsiz umumiy oqimli umumiy havo tortish mahalliy havo tortish 3. Yoritish turlari: tabiiy sunʼiy aralash 4. Yoritish tizimi: umumiy kombinatsiyalangan 5. Isitish tizimi: markazlashtirilgan mahalliy 6. Binolarning jihozlanganligi: maxsus oʻtish joylari maxsus zinapoyalar koʻtargichlar panduslar 7. Tanib olish va topish uchun rangli va ovozli belgilar mavjudligi: eshiklarda zinapoyalarda panduslarda oʻtish joylarda koʻtargichlarda 8. Zinapoyalar, tushish joylarida suyanchiqlar mavjudligi 9. Xavfli joylarning belgilanishi: yoritish vositalar bilan keskin farq qiluvchi ranglar va materiallar bilan
Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan boʻlinmadagi (sexdagi) xodimlar hamda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan joylar soni toʻgʻrisida MAʼLUMOTLAR __________________________________ (boʻlinma (sex) nomi) 4-jadval T/r Koʻrsatkichlar Soni 1 2 1. Nogironligi boʻlgan shaxslarning umumiy soni, jami ulardan: I guruh nogironligi boʻlganlar shu jumladan: erkaklar ayollar II guruh nogironligi boʻlganlar shu jumladan: erkaklar ayollar III guruh nogironligi boʻlganlar shu jumladan: erkaklar ayollar 2. Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan joylar soni, jami ulardan: I guruh nogironligi boʻlganlar uchun shu jumladan: erkaklar ayollar II-guruh nogironligi boʻlganlar uchun shu jumladan: erkaklar ayollar III-guruh nogironligi boʻlganlar uchun shu jumladan: erkaklar ayollar
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2018-y., 10/18/2983/0908-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 10/22/2983-1/0569-son)
