Guliston tumani hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tegishli tirkamalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish haqida (428-son)
14.02.2018
Sirdaryo viloyati Guliston tuman hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 197-modda) 17-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) muvofiq transport vositalarining 2018-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) asosan, qaror qilaman:
1. Guliston tumani ichki ishlar boʻlimining 2018-yil 13-yanvardagi 40/76-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tegishli tirkamalar belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
3. Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tegishli tirkamalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tegishli tirkamalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
4. Tuman IIB yoʻl harakati xavfsizligi guruhi (R. Tojiboyev)ga:
Guliston tumani DYHXXda roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga muvofiq belgilangan tartibda va muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtkazishni taʼminlasin.
bir haftalik muddatda yuridik shaxslarning buyurtmanomalari va diagnostika stansiyalarining texnik imkoniyatlari, ob-havo-iqlim, ishlab chiqarish sharoitlari va boshqa sharoitlar hisobga olingan holda yuridik shaxslarga tegishli transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha roʻyxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
texnik koʻrik oʻtkazilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida tuman hokimligiga har chorak yakuni bilan maʼlumot taqdim etsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori 3-bandi talablaridan kelib chiqib, tuman mudofaa boʻlimi, tuman ichki ishlar boʻlimi va Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy boʻlinmalari transport vositalari majburiy texnik koʻriklari oʻz yuqori tashkilotlarining qarori va ish rejasi asosida amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
6. Majburiy texnik koʻrik davomida komissiya tarkibida ish olib borgan xodimlarning doimiy ish joylaridagi oylik ish haqlari saqlanib qolinsin.
7. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2017-yil 21-apreldagi “Guliston tumani hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tegishli tirkamalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish haqida”gi 596-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
9. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan yoki hokimlik rasmiy veb-saytiga joylashtirilgandan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim A. IBODULLAYEV
Dehqonobod sh.,
2018-yil 14-fevral,
428-son
Guliston tuman hokimining 2018-yil 14-fevraldagi 428-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumanda yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha komissiyaning
TARKIBI
R. Tojiboyev Tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi xizmati katta inspektori, komissiya raisi U. Azizov Tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi xizmati inspektori, komissiya aʼzosi. E. Bibalayev Tuman hokimligi bosh mutaxassisi, komissiya aʼzosi I. Xasanbayev Tuman ichki ishlar boʻlimi yongʻin xavfsizligi boʻlimi boshligʻi, komissiya aʼzosi F. Mavlonov Tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi, komissiya aʼzosi T. Elmurodov Tuman davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi, Komissiya aʼzosi B. Norjigitova “Guliston hayoti” roʻznomasi muharriri, komissiya aʼzosi M. Xolboyev “Davtexnazorat” inspeksiyasi Guliston tumani qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha inspektori, komissiya aʼzosi.
