Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish sohasidagi faoliyatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (203-son)
15.03.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son Farmonini bajarish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish sohasidagi faoliyatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlarini hisobga olishning idoralararo axborot tizimini yaratish, shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida interaktiv davlat xizmatlari (keyingi oʻrinlarda “Ijtimoiy himoya” IAT deb ataladi) koʻrsatilishini tashkil qilish ishlarini amalga oshirayotgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlarini tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish sohasidagi faoliyatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlarini (keyingi oʻrinlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari deb ataladi) tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish sohasidagi faoliyatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishning asosiy maqsadlari va vazifalari etib belgilansin:
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatuvchi organlar va tashkilotlar faoliyatini samarali nazorat qilish orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlarining sifatini oshirish;
tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilayotgan va ijtimoiy yordam olayotgan keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining Avtomatlashtirilgan yagona elektron reyestrini (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) shakllantirish;
tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish uchun ajratiladigan moliyaviy va boshqa resurslarni maqsadli taqsimlash, xarajatlarni samarali rejalashtirish;
davlat funksiyalarini bajarish jarayonlarini, jumladan, taqdim etilishi kerak boʻlgan hujjatlar va axborot sonini qisqartirish yoki aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatishda bunday hujjatlar va axborot taqdim etish amaliyotini toʻliq bekor qilish orqali optimallashtirish;
davlat xizmatlarini olish uchun tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatuvchi organlar va tashkilotlarga elektron shaklda murojaat qilish imkoniyatini taʼminlash.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
2018-yil 1-iyungacha aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari toʻgʻrisidagi kompleks axborotni oʻz ichiga olgan, davlat organlari oʻrtasida maʼlumotlar almashish va budjet mablagʻlari maqsadsiz sarflanishining oldini olish, shuningdek, suiisteʼmol qilish holatlariga yoʻl qoʻymaslik imkonini beradigan “Ijtimoiy himoya” IATning bir qismi hisoblanadigan Reyestrni tashkil etsin;
2019-yil 1-iyungacha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda “Ijtimoiy himoya” IATni tashkil qilish boʻyicha Texnik-iqtisodiy hisob-kitobni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
5. Quyidagilar:
“UZINFOCOM” Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MCHJ “Ijtimoiy himoya” IATni ishlab chiquvchi etib;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Ijtimoiy himoya” IAT egasi va uning uzluksiz ishlashi uchun masʼul organ etib;
“Ijtimoiy himoya” IATni tashkil etish tadbirlari Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi belgilab qoʻyilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A.I. Axmedxadjayev, Sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-mart,
203-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 203-son qaroriga ILOVA
Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish sohasidagi faoliyatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha
KOMPLEKS CHORA-TADBIRLAR DASTURI
№ Tadbirlar nomi Amalga oshirish shakli Bajarish muddati Masʼul ijrochilar Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining Avtomatlashtirilgan yagona elektron reyestrini yaratish 1. Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining Avtomatlashtirilgan yagona elektron reyestrini (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) yaratish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish. Texnik topshiriqni tayyorlash va tasdiqlash 2018-yil 15-aprelgacha Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MCHJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda 2. Tasdiqlangan texnik topshiriqqa muvofiq Reyestrni yaratish va ishga tushirish. Tashkiliy tadbirlar 2018-yil 1-iyungacha Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MCHJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda 3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining maʼlumotlar bazasidan va boshqa manbalardan pensiya va nafaqalar oluvchilar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlari toʻgʻrisidagi mavjud maʼlumotlarni Reyestrga kiritish. Tashkiliy tadbirlar 2018-yil 1-avgustgacha Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MCHJ, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda 4. Ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish jarayonlarida ishtirok etuvchi vazirliklar va idoralar tomonidan ularga tegishli qismda axborotni taqdim etish va kiritish tartibini belgilovchi Reyestrni yuritish reglamentini, shuningdek, berilgan vazifalarga muvofiq Reyestrdagi axborotdan foydalanish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. Reglamentni tasdiqlash 2018-yil 1-avgustgacha Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda 5. Reyestrning keksalar va nogironlarga ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish jarayonlarida ishtirok etayotgan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa organlar hamda tashkilotlarning maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashtirish. Integratsiyalashtirish jadvali va tashkiliy tadbirlar 2018-yil 1-oktabrgacha Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MCHJ, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, IIV, Adliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda 6. Manfaatdor vazirliklar va idoralarning mutaxassislarini oʻqitish va ish jarayoniga tayyorlash. Oʻqitish jadvali 2018-yil 1-noyabrgacha Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MCHJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda II. Taqdim etiladigan xizmatlarning koʻrsatilishi, hajmi va sifatining doimiy monitoringini olib borish imkonini beradigan, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslarga va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini hisobga olish, ularga ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish boʻyicha idoralararo axborot tizimini yaratish 7. Taqdim etiladigan xizmatlarning koʻrsatilishi, hajmi va sifatining doimiy monitoringini olib borish imkonini beradigan, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslarga va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini hisobga olish, ularga ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish boʻyicha idoralararo axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda “Ijtimoiy himoya” IAT deb ataladi) konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. Idoralararo hujjat 2019-yil 1-yanvargacha Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MCHJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda 8. “Ijtimoiy himoya” IATni yaratish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish. Texnik topshiriq 2019-yil 1-aprelgacha Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MCHJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda 9. “Ijtimoiy himoya” IATni yaratish loyihasi boʻyicha loyiha hujjatini (LTII/TII) ishlab chiqish va tasdiqlash. Texnik hujjatlar 2019-yil 1-iyungacha Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MCHJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda 10. “Ijtimoiy himoya” IATni, shu jumladan tegishli interaktiv xizmatlarni taqdim etgan holda quyidagi kichik tizimlarni ishlab chiqish va bosqichma-bosqich joriy qilish: keksalar va nogironlarni aniqlash, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritish, keksa va nogiron kishining elektron kartochkasini yuritish, shuningdek, qonun hujjatlari talablariga muvofiq ijtimoiy xizmatlarning alohida dasturini ishlab chiqish; shifokorlik-mehnat ekspert komissiyalarida tekshiruvdan oʻtish va alohida reabilitatsiya dasturining (keyingi oʻrinlarda ARD deb ataladi) elektron shaklini yaratish; ARDga muvofiq Milliy va hududiy reabilitatsiya markazlaridagi reabilitatsiya qilish; ARDga muvofiq protez-ortopediya mahsulotlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-kolyaskalar bilan taʼminlash; sanatoriy-kurortlarda davolanish; internat muassasalariga joylashtirish; uyda xizmatlar koʻrsatish, ijtimoiy xizmatlar alohida dasturining (AD) elektron shaklini yaratish; dori-darmonlarni hisobga olish va berish; qarorlar qabul qiluvchi shaxslarning monitorlarida tahliliy axborotni aks ettirgan holda, taqdim etiladigan xizmatlarning koʻrsatilishi, hajmi va sifatining monitoringi; nogironligi boʻlgan shaxslarni ish bilan taʼminlash, qayta oʻqitish va malakasini oshirishni tashkil qilish, shuningdek, ish oʻrinlarini zaxiraga olish va ushbu ish oʻrinlarida ishga joylashtirishni nazorat qilish; qonun hujjatlariga muvofiq keksa va nogiron kishining elektron kartochkasi arxivini yuritish. Tashkiliy tadbirlar 2020-yil 1-iyungacha Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MCHJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda 11. “Ijtimoiy himoya” IATni “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiya platformasiga ulash. Tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish 2020-yil 1-avgustgacha Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MCHJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda 12. “Ijtimoiy himoya” IATda ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish jarayonlarida ishtirok etuvchi vazirliklar va idoralar xodimlarini tizimda ishlashga oʻqitish. Oʻqitish jadvali 2020-yil 1-sentabrgacha Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MCHJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda 13. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tavsiyalariga koʻra, “Ijtimoiy himoya” IAT axborot xavfsizligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish. Tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish muntazam Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MCHJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda III. Koʻrish qobiliyati buzilgan shaxslar uchun ovozni qayta eshittirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulotlarni joriy qilish 14. Koʻrish qobiliyati buzilgan shaxslar uchun davlat tilidagi ovozlarni qayta eshittirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulotlarni yaratish va ushbu ixtisoslashtirilgan dasturiy taʼminotni turli kompyuter va mobil dasturiy taʼminotlar, shuningdek, operatsion tizimlar bilan integratsiyalashtirishga doir (keyingi oʻrinlarda ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulot deb ataladi) texnik topshiriqni ishlab chiqish Texnik topshiriq 2018-yil 1-iyungacha Axborot texnologiyalari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda 15. Oʻzbek tilidagi soʻzlar va ifodalar lugʻatini yaratish va har bir soʻz, shu jumladan atamalar talaffuzini yozish. Soʻzlar talaffuz etilgan lugʻat 2018-yil 1-noyabrgacha Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda 16. Elektron matnlarni avtomatik ravishda oʻqish va ovozni boshqarish uchun soʻzlar talaffuz qilinadigan lugʻat bazasida ixtisoslashtirilgan dasturni, jumladan, mobil qurilmalar uchun ham ishlab chiqish, shuningdek, elektron matnni avtomatik ravishda oʻqish tizimini PDF, DjVu va boshqa formatdagi matnlarni oʻqish uchun matnni ajratish dasturlari bilan integratsiyalashtirish. Ixtisoslashtirilgan dasturni ishlab chiqish 2019yil 1-martgacha Axborot texnologiyalari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi 17. Ixtisoslashtirilgan dasturni erkin tarqatish choralarini koʻrish, shuningdek, uni koʻrish qobiliyati buzilgan shaxslar oʻqiydigan va ishlaydigan taʼlim muassasalarida va boshqa tashkilotlarda oʻrnatish, uning Internet axborot tarmogʻida tarqatilishini taʼminlash. Tashkiliy masalalar muntazam Axborot texnologiyalari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi IV. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish 18. Vazirliklar va idoralarning “Ijtimoiy himoya” IATda ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish jarayonlarida foydalaniladigan mavjud kompyuter va tashkiliy texnikasini xatlovdan oʻtkazish, shuningdek, ularni zamonaviy kompyuter va tashkiliy texnika uskunalari bilan toʻldirish. Xatlovni oʻtkazish jadvali “Ijtimoiy himoya” IATdan foydalanish uchun masʼul xodimlarni texnika bilan taʼminlash 2018-yil 1-iyungacha 2019-yil 1-yanvargacha Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 19. Davlat organlari va “Ijtimoiy himoya” IAT ishtirokchilari boʻlgan tashkilotlarni Idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga ulash. Tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish 2018-yil 1-sentabrgacha Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbektelekom” AK 20. Joylarda hududiy dispetcherlik punktlarining imkoniyatlarini jalb qilganda holda, mobil aloqa tarmoqlari orqali, shu jumladan nutqi va eshitish qobiliyati buzilgan shaxslardan shoshilinch xizmatlarga kelib tushadigan qisqa matnli xabarlar (SMS) koʻrinishidagi murojaatlarni qabul qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. Tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish 2019-yil 1-maygacha IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, FVV, “Oʻztransgaz” AJ , Oʻzbekiston respublika karlar jamiyati, Moliya vazirligi , Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
