79-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi · Sana: 08.12.1992 · Kuchini yo'qotgan
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlariga:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning oʻrinbosarlarini, qoʻmitalarning raislari va ularning oʻrinbosarlarini saylash;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish;
3) oʻz faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
4) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzodlarni keyinchalik ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimlarga tasdiqlash uchun koʻrib chiqish va maʼqullash kiradi.
