100-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi · Sana: 08.12.1992 · Kuchini yo'qotgan
Mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga quyidagilar kiradi:
qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash;
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yigʻimlarni belgilash, budjetdan tashqari jamgʻarmalarni hosil qilish;
mahalliy kommunal xoʻjalikka rahbarlik qilish;
atrof-muhitni muhofaza qilish;
fuqarolik holati aktlarini qayd etishni taʼminlash;
normativ hujjatlarni qabul qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
