Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (2920-3-son)
09.03.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 9-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2920-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-avgustdagi 265-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2920, 2017-yil 28-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 934-modda) bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik taʼminlash boshqarmasi hamda Huquqiy targʻibot va axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-mart,
136-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 9-martdagi 136-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 5-band quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari oldingi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlarni hisobga olgan holda, ular egallab turgan lavozimidan qatʼiy nazar, ushbu Nizom ilovasiga muvofiq tenglashtirilgan tarzda mazkur Nizomda belgilangan tartibda beriladi.”.
2. 19-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xatlov natijasiga koʻra xodimni martaba darajasiga tavsiya etish haqidagi hujjatlar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan 10 kunlik muddat ichida tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalariga yuboriladi.”.
3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda ilova bilan toʻldirilsin.
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchaga ILOVA
“Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Maxsus unvon va martaba darajasiga ega boʻlgan boshqa davlat organlaridan davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatiga oʻtkazilgan xodimlarga maxsus unvon va martaba darajasiga tenglashtirilgan martaba darajasi berish
JADVALI
T/r. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining martaba darajalari Adliya organlarining martaba darajalari Sud organlarining martaba darajalari (Harbiy) prokuratura organlarining martaba darajalari Ichki ishlar organlarning maxsus unvonlari Harbiy unvonlar Bojxona organlarining maxsus unvonlari Soliq organlarining maxsus unvonlari 1. 3-darajali yurist 3-darajali yurist 3-darajali yurist 3-darajali yurist, adliya leytenanti Leytenant Leytenant Bojxona xizmati leytenanti Soliq xizmatining 3-darajali inspektori 2. 2-darajali yurist 2-darajali yurist Beshinchi malaka darajasi, 2-darajali yurist 2-darajali yurist, adliya katta leytenanti Katta leytenant Katta leytenant Bojxona xizmati katta leytenanti Soliq xizmatining 2-darajali inspektori 3. 1-darajali yurist 1-darajali yurist Toʻrtinchi malaka darajasi, 1-darajali yurist 1-darajali yurist, adliya kapitani Kapitan Kapitan Bojxona xizmati kapitani Soliq xizmatining 1-darajali inspektori 4. 3-darajali adliya maslahatchisi 3-darajali adliya maslahatchisi Uchinchi malaka darajasi, 3-darajali adliya maslahatchisi Adliya kichik maslahatchisi, adliya mayori Mayor Mayor Bojxona xizmati mayori Soliq xizmatining 3-darajali maslahatchisi 5. 2-darajali adliya maslahatchisi 2-darajali adliya maslahatchisi Ikkinchi malaka darajasi, 2-darajali adliya maslahatchisi Adliya maslahatchisi, adliya podpolkovnigi Podpolkovnik Podpolkovnik Bojxona xizmati podpolkovnigi Soliq xizmatining 2-darajali maslahatchisi 6. 1-darajali adliya maslahatchisi 1-darajali adliya maslahatchisi Birinchi malaka darajasi, 1-darajali adliya maslahatchisi Adliya katta maslahatchisi, adliya polkovnigi Polkovnik Polkovnik Bojxona xizmati polkovnigi Soliq xizmatining 1-darajali maslahatchisi 7.* 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Oliy malaka darajasi 3-darajali davlat adliya maslahatchisi, adliya genaral-mayori General-mayor General-mayor Bojxona xizmati general-mayori Soliq xizmatining 3-darajali davlat maslahatchisi 8.* 2-darajali Davlat adliya maslahatchisi 2-darajali Davlat adliya maslahatchisi 2-darajali davlat adliya maslahatchisi, adliya general-leytenanti General-leytenant General-leytenant Bojxona xizmati general-leytenanti Soliq xizmatining 2-darajali davlat maslahatchisi
* Izoh: Boshqa davlat organlaridagi maxsus unvon va martaba darajalarini Davlat adliya maslahatchisi (general) tarkibidagi maxsus unvonlariga tenglashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.”.
