“Tijorat banklari mablagʻlarini ichki aktivlarga joylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida (1139-son)
14.05.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 14-mayda 1139-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3, 7, 17 va 51-moddalariga asosan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul massasi oʻsishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2002-yil 30-martdagi, PF-3047-sonli Farmonining 7-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida, Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Markaziy bankning “Tijorat banklari mablagʻlarini ichki aktivlarga joylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng 2002-yil 1-iyundan kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Raisi F.M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 20-aprel,
9/20-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 20 apreldagi 9/20-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
Tijorat banklari mablagʻlarini ichki aktivlarga joylashtirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-martdagi PF-3047-sonli “Pul massasi oʻsishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, tijorat banklarining oʻz mablagʻlari va jalb etilgan mablagʻlarini ichki aktivlarga joylashtirish tartibini belgilaydi.
1. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar ishlatiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti — Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega boʻlgan, shu jumladan vaqtinchalik Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan jismoniy shaxslar; Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil qilingan va roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar;
Ichki aktivlar — Oʻzbekiston Respublikasi hududida soʻmda va chet el valyutasida joylashtirilgan bank aktivlarini aks ettiradi, shu jumladan:
naqd pullar va toʻlov hujjatlari;
rezident-banklar hisobvaraqlaridagi mablagʻlar;
joylashtirilgan depozitlar, berilgan kreditlar;
rezident yuridik shaxslar ustav kapitaliga va qarz majburiyatlariga qilingan qoʻyilmalar;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat qimmatli qogʻozlariga qoʻyilmalar;
nomoddiy aktivlar;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan koʻchmas va koʻchar mulk;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga joylashtirilgan boshqa aktivlar.
Ichki passivlar (majburiyatlar) — tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari oldidagi majburiyatlarini aks ettiradi, shu jumladan:
jalb qilingan depozitlar;
Oʻzbekiston Respublikasi rezident-banklari oldidagi majburiyatlar;
bankning qarz majburiyatlari boʻyicha majburiyatlar;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari oldidagi boshqa majburiyatlar.
2. Banklarning ichki aktivlarga joylashtirilgan mablagʻlariga qoʻyiladigan talablar koeffitsiyent koʻrinishida belgilanadi. Ichki aktivlarga joylashtirish koeffitsiyenti ichki aktivlarni bank ustav kapitali hamda ichki majburiyatlarning yigʻindisi nisbati bilan aniqlanadi va quyidagi formula asosida hisoblanadi:
3. Barcha banklar ichki aktivlarga joylashtirilgan koeffitsiyentni 1 (100%) dan kam boʻlmagan darajada saqlab turishlari zarur. Ichki aktiv va ichki majburiyatlarni hisoblash tartibi mazkur Nizomning ilovasida koʻrsatilgan.
4. Banklarning ichki aktivlarga joylashtirilgan mablagʻlari hamda oʻrnatilgan meʼyorga amal qilishi toʻgʻrisidagi hisobotlar har oyda, hisobot oyining 10 sanasiga qadar Markaziy bankka taqdim etilishi lozim. Hisobotlar ilovaga muvofiq yozma va elektron koʻrinishda taqdim etilishi lozim.
5. Mazkur Nizomning talablari tijorat banklari tomonidan amal qilinmagan yoki maʼlumotlar oʻz vaqtida taqdim etilmagan hollarda Markaziy bank “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunning 53-moddasi va “Markaziy bank tomonidan bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarga rioya etmagan tijorat banklariga nisbatan qoʻyiladigan jazo va sanksiyalar toʻgʻrisida”gi 74-sonli nizomga (1999-yil 5-fevralda Oʻzbekiston Respublikasining Adliya Vazirligi tomonidan 622-son bilan roʻyxatdan oʻtgan) muvofiq jarima qoʻllash huquqiga ega.
Tijorat banklari mablagʻlarini ichki aktivlarga joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ILOVA
“_______” Bankining _____ holatiga ichki aktiv va majburiyatlarni hisoblash
TARTIBI
Izoh: * Yuqorida koʻrsatilgan hisobraqamlar boʻyicha faqat rezidentlarning hisobraqamlari qoldiqlari hisobga olinadi (norezident hisobraqamlari qoldiqlari hisobga kiritilmaydi).
