Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (2090-17-son)
22.02.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 22-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2090-17]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-son “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 64-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090, 2010-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 13-son, 99-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi hamda Huquqiy targʻibot va axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga — yetkazilishini, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-fevral,
101-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 101-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 25-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar reyestrda roʻyxatga olinadi va “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda Tizim deb yuritiladi) kiritiladi. Reyestrdagi yozuvlar qalam bilan yozilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bitta hujjatning bir nechta nusxasi toʻgʻriligi shahodatlantirilganda, ular bitta reyestr raqami bilan qayd etiladi va tasdiqlovchi yozuvda hujjatning nechta nusxada tasdiqlanganligi koʻrsatiladi.”.
2. Quyidagi mazmundagi 341-band bilan toʻldirilsin:
“341. Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxslarga notarial harakatlar uchun undiriladigan davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun toʻlovlar boʻyicha kvitansiyalar Tizim orqali chiqarib beriladi.
Notarial harakatlar toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi maʼlumotlar Tizimga kelib tushgandan soʻng amalga oshiriladi.
Toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi maʼlumot Tizim orqali chop etiladi va hujjatlar yigʻmajildiga tikiladi.”.
3. 352-bandning birinchi xatboshisidagi “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan (keyingi oʻrinlarda Tizim deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Tizimdan” degan soʻz bilan almashtirilsin.
4. 508-bandda:
oʻn birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn ikkinchi xatboshi oʻn birinchi xatboshi deb hisoblansin.
5. 95-bandda:
oʻn toʻqqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yigirmanchi — yigirma uchinchi xatboshilar tegishlicha oʻn toʻqqizinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
6. 100-bandda:
oʻn ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn uchinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha oʻn ikkinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
7. 107-bandda:
oʻninchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn birinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha oʻninchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
8. 112-bandda:
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
9. 117-bandda:
oʻninchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn birinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha oʻninchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
10. 125-bandda:
oʻn ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn uchinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar tegishlicha oʻn ikkinchi — oʻn yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
11. 1351-banddagi “ijaraga berish bilan bogʻliq ishonchnomalar” degan soʻzlar “ijaraga berish shartnomalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 136-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi ijaraga berilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari (Toshkent shahrida — “Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va maʼlumotlar berish markazi” davlat unitar korxonasi) tomonidan berilgan xususiylashtirishda rozilik bergan shaxslar haqidagi maʼlumotnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi) va ularning roziligi;”.
13. 281-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Koʻchmas mol-mulkni va avtomototransport vositasini sotib olish yuzasidan zakalat toʻgʻrisida kelishuvni tasdiqlashda, kelishuvda koʻrsatilgan mulkka va belgilangan muddatga taqiq qoʻyiladi va Tizimga kiritiladi. Mazkur taqiq muddatidan oldin kelishuvda koʻrsatilgan majburiyat bajarilganda yoki taraflar oʻrtasida ushbu kelishuvni bekor qilish haqida qoʻshimcha kelishuv tasdiqlanganda bekor qilinadi.”.
14. Ilovaning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 13. Toshkent viloyati Angren shahri Angren shahar 1-son DNI Olmaliq shahri Olmaliq shahar 2-son DNI Nurafshon shahri Nurafshon shahar DNI Yangiyoʻl shahri Yangiyoʻl shahar 3-son DNI Ohangaron shahri Ohangaron shahar DNI Ohangaron tumani Ohangaron tuman DNI Bekobod shahri Bekobod shahar 1-son DNI Chirchiq shahri Chirchiq shahar 3-son DNI Boʻstonliq tumani Boʻstonliq tuman 1-son DNI Boʻka tumani Boʻka tuman 2-son DNI Bekobod tumani Bekobod tuman 1-son DNI Oqqoʻrgʻon tumani Oqqoʻrgʻon tuman DNI Qibray tumani Qibray tuman 2-son DNI Quyichirchiq tumani Quyichirchiq tuman DNI Zangiota tumani Zangiota tuman 1-son DNI Piskent tumani Piskent tuman DNI Parkent tumani Parkent tuman DNI Oʻrtachirchiq tumani Oʻrtachirchiq tuman 2-son DNI* Yuqorichirchiq tumani Yuqorichirchiq tuman DNI Chinoz tumani Chinoz tuman 1-son DNI Yangiyoʻl tumani Yangiyoʻl tuman 3-son DNI Toshkent tumani Toshkent tuman 1-son DNI ”.
