Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (2974-son)
21.02.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 21-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2974]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-noyabrdagi PF-5245-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritilib, ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari 2017-yil 1-dekabrdan ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari oʻzgarganligini hisobga olib ish haqlarini qayta hisoblab toʻlanishini taʼminlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 23-sentabrdagi 7, 30-q/q va 72-son “Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2827, 2016-yil 30-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2016-y., 39-son, 466-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Innovatsion rivojlanish vaziri I. ABDURAXMANOV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-fevral,
2-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-fevral,
5-B-son
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-fevral,
19-son
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 12-fevraldagi 2, 5-B, 19-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r Lavozimlarning nomi Bazaviy lavozim maoshlarining miqdori, soʻm 1. Institut direktori professor 2 662 535 fan doktori 2 554 364 fan nomzodi 2 446 785 2. Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, institut va boshqa ilmiy muassasalar filialining direktori professor 2 446 785 fan doktori 2 359 853 fan nomzodi 2 254 278 3. Institutning ilmiy kotibi, Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi (boʻlimi) mudiri fan doktori yoki professor 2 359 853 katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi 2 254 278 ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi 2 167 935 4. Filial va boshqa ilmiy muassasalar direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari fan doktori yoki professor 2 254 278 katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi 2 167 935 ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi 2 081 104 5. Bosh ilmiy xodim professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktori 2 254 278 katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktori 2 167 935 ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan doktori 2 081 104 6. Yetakchi ilmiy xodim ilmiy unvonga ega boʻlgan fan doktori 2 167 935 ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan doktori 2 081 104 ilmiy unvonga ega boʻlgan fan nomzodi 1 978 397 7. Katta ilmiy xodim ilmiy unvonga ega boʻlgan fan nomzodi 1 978 397 ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi 1 876 860 ilmiy darajaga ega boʻlmagan 1 777 584 8. Kichik ilmiy xodim fan nomzodi 1 876 860 ilmiy darajaga ega boʻlmagan (2 yildan ortiq ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) 1 777 584 ilmiy darajaga ega boʻlmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) 1 679 133 9. Tajriba orttiruvchi tadqiqotchi 1 481 517
