Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirma qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 13-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida (2835-1-son)
21.02.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 21-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2835-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi PF-5291-son “Mehnat faoliyatini olib borayotgan pensionerlarning alohida toifalariga qulay sharoitlar yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 5-oktabrdagi 77-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2835, 2016-yil 26-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 43-son, 510-modda) bilan tasdiqlangan Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirma qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 13-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Pensioner Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining ortiqcha toʻlangan pensiya summasini ushlab qolish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, aniqlangan qarzdorlik u aniqlangan sanadan boshlab koʻpi bilan uch yil uchun sud orqali undiriladi.”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-fevral,
21-son
