Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (PF-5298-son)
09.01.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini xamda davlat moliya nazorati tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3231-sonli qaroriga muvofiq, shuningdek davlat moliya nazorati tizimini yanada takomillashtirish maqsadida;
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin,
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin,
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri U.I. Inoyatov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shodmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-yanvar,
PF-5298-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumtaʼlim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 29-martdagi PQ-609-sonli qarorida:
a) 1 va 2-banddagi “umumtaʼlim maktablari (maktab-internatlari)” soʻzlari “maktab-internatlar” soʻzlari bilan almashtirilsin:
b) 3-bandning birinchi, ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilarida “umumtaʼlim maktablari (maktab-internatlari)” soʻzlari “maktab-internatlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-bandning toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
g) 7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
d) ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Umumtaʼlim maktablaridagi (maktab-internatlaridagi) buxgalterlar sonining
NORMATIVLARI
Xalq taʼlimi muassasalari Buxgalterlar sonining normativi (birlik) I. Barcha turdagi maktab-internatlari oʻquvchilar soni bilan: 250 nafargacha boʻlgan oʻquvchilar 1,5 250 nafardan ortiq boʻlgan oʻquvchilar 2,0 ”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-sonli qarorida:
a) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining
TAShKILIY TUZILMASI
Kuzatuv kengashi Oʻzbekiston Respublik�si Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boshqarmasi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari ”;
b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatining
TUZILMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori Ijro etuvchi direktorning birinchi oʻrinbosari Ijro etuvchi direktorning oʻrinbosari — Pensiya jamgʻarmasi hisoblar va mablagʻlar boshqarmasi boshligʻi Ichki audit va moliya nazorati boshqarmasi 1 Tashkiliy-tahliliy ishlar va statistika boʻlimi 3 Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarini hisobga olish va boshqarish boshqarmasi Ichki audit va moliya nazorati boʻlimi 2 Yuriskonsult 1 Pensiyalarni tayinlash uslubini takomillashtirish va fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi 5 Kadrlar xizmati 1 Mablagʻlarni boshqarish, pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi boʻlimi 3 Pensiya va nafaqalarni tayinlash monitoringi boʻlimi 3 Pensiya jamgʻarmasining daromadlar va xarajatlarini tahlil qilish va prognozlashtirish sektori 2 Murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash boʻlimi 2 Axborot texnologiyalarini joriy etish boʻlimi 2 Buxgalteriya hisobi va hisobotlar boʻlimi 3
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 42, shu jumladan, boshqaruv xodimlari — 32”;
v) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Boshqarma boshligʻi Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Buxgalteriya hisobi va hisobotlar boʻlimi 2 — 5 Yuriskonsult 1 Pensiya va nafaqalar tayinlash monitoringi boʻlimi 2 Axborot-tahliliy va statistika shuʼbasi 2 Tashkiliy-xoʻjalik ishlari guruhi 1 Mablagʻlarni boshqarish, pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi boʻlimi 2 Murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash boʻlimi 2
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 192 nafar;
Hududiy boshqarmaning boshqaruv xodimlari cheklangan soni — 13-14 nafar”;
g) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi
NAMUNAVIY TUZILMASI
Boʻlim boshligʻi Pensiya va nafaqalar tayinlash guruhi 1 — 13 Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari 1 Tashkiliy-huquqiy guruh 1 Mablagʻga boʻlgan talabni aniqlash va buxgalteriya hisobi va hisoboti shuʼbasi 1 — 5 Kichik inspektor (Soʻrov xatlari boʻyicha) 1 Pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhi 1 — 10 sh.b. inspektor Pensiya tayinlash komissiyasi
Xodimlarning cheklangan soni: Boshqaruv xodimlari — 602;
Inspektor xodimlar — 2 116.
Tuman (shahar) boʻlimining cheklangan soni:
Boshqaruv xodimlari — 3 — 5;
Inspektor xodimlar — 3 — 26”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pensiyalar va nafaqalar toʻlash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-martdagi PQ-2826-sonli qarorining 10-bandidagi “Nazorat-taftish bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qarori:
a) 1-ilovadagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalari” bloki “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat moliya nazorati boshqarmalari” bloki bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovadagi “Nazorat-taftish bosh boshqarmasi 77.” bloki “Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi 61.” bloki bilan almashtirilsin;
v) 2a-ilovada:
19-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 19. Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi 61* ”;
izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh:
a) moliya inspektorlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha yangi tashkil etiladigan boʻlimlar (50 foizga qisqarishni hisobga olgan holda 2 ta birlik);
b) bundan tashqari, aksiz soligʻi olinadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga (aroq-vino ishlab chiqaruvchi korxonalar, neft bazalari, yogʻ-moy kombinatlari va hokazolar) biriktirilgan 124 nafar moliya inspektorini hisobga olgan holda Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi hududiy boshqarmalari soni 633 birlikni tashkil etadi”;
g) 7-ilovaning:
3-bandi birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari “Moliya vazirligi davlat moliya nazorati bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-banddagi “Moliya vazirligi nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari” soʻzlari “Moliya vazirligi davlat moliya nazorati bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “Moliya vazirligi nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari “Moliya vazirligi davlat moliya nazorati bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-bandning oʻn toʻrtinchi kichik bandi sakkizinchi xatboshisidagi “nazorat-taftish ishlari” soʻzlari “davlat moliya nazorati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “Moliya vazirligi nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari “Moliya vazirligi davlat moliya nazorati bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-bandning oʻttiz uchinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi nazorat-taftish boshqarmasi” soʻzlari “Moliya vazirligi davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-bandning sakkizinchi xatboshisida “Moliya vazirligi nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari “Moliya vazirligi davlatmoliya nazorati bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-bandning uchinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari “Moliya vazirligi davlat moliya nazorati bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-iyundagi PQ-3052-sonli qarorida:
a) 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“markazlashtirilgan tartibda quyi muassasalarning xarajatlar smetasi tuzilishi va ijro etilishini, ish haqining hisoblanishi va toʻlanishini, tovar, ish va xizmatlarning xarid qilinishini, budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobining yuritilishini taʼminlash, shuningdek, ularning faoliyati profili boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushadigan daromadlar monitoringini yuritish;
budjet mablagʻlarining noqonuniy sarflanishi va talon-toroj qilinishi holatlarining profilaktikasini taʼminlash va ularning oldini olish”;
b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparatining
TUZILMASI
Sogʻliqni saqlash vaziri Hayʼat Yordamchi Vazirning birinchi oʻrinbosari Vazir oʻrinbosari Vazir oʻrinbosari — Bosh davlat sanitariya vrachi Vazir oʻrinbosari Nazorat inspeksiyasi 4 Vazir oʻrinbosari — RShTYIM bosh direktori Davolash-profilaktika yordamini tashkil etish bosh boshqarmasi 10 Onalik va bolalikni muhofaza qilish bosh boshqarmasi 5 Iqtisodiyot, moliyalashtirish va istiqbolni belgilash bosh boshqarmasi 7 Fan va tibbiy taʼlim bosh boshqarmasi 8 Sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasi 5 Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati 3 Dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikasi muomalasini boshqarish bosh boshqarmasi 5 Nodavlat tashkilotlar tibbiy faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi 5 Investitsiya dasturlari va loyihalarini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi 9 Axborot texnologiyalarini rivojlantirish boʻlimi 2 Yigʻma axborot-tahlil va metodologiya boshqarmasi 3 Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi 4 Tibbiy-ijtimoiy yordam muassasalari faoliyatini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi 5 Kadrlar boshqarmasi 3 Kompleks foydalanish boʻlimi 3 Maʼmuriy-xoʻjalik boshqarmasi 2 Birinchi boʻlim 1 Ikkinchi boshqarma 9 Yuridik boʻlim 3 Yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlash sektori 1 Xalqaro boʻlim 2 Kanselyariya 1 Axborot xizmati 1
Boshqaruv xodimlari cheklangan soni — 107 birlik”;
v) 3a-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Vazir Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati 2 Davolash-profilaktika yordamini tashkil etish boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosari Onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha vazir oʻrinbosari Iqtisodiyot va umumiy masalalar boʻyicha vazir oʻrinbosari Nazorat inspeksiyasi 3 Vazir oʻrinbosari — RShTYIM filiali direktori Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat bosh sanitar vrachi Litsenziya talablari va shartlariga rioya qilish ustidan nazorat boʻyicha bosh mutaxassis 1 Davolash-profilaktika yordamini tashkil etish boʻlimi 3 Onalar va bolalarga tibbiy yordamni tashkillashtirish boʻlimi 3 Moliya-iqtisod xizmati 2 Bino va inshootlardan tegishlicha foydalanishni monitoring qilish va muvofiqlashtirish boʻlimi 3 Tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkil etish sektori 1 Kadrlar boʻyicha bosh mutaxassis I Yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis 1 Tuman (shakar) tibbiyot birlashmalari Bosh yuriskonsult 1 Ikkinchi boʻlim 2
Boshqaruv xodimlari cheklangan soni — 29 birlik”;
g) 3b-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Boshqarma boshligʻi Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati 1 — 3 Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish boʻyicha boshliqning birinchi oʻrinbosari Onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha boshliq oʻrinbosari Iqtisodiyot va umumiy masalalar boʻyicha boshliq oʻrinbosari Nazorat inspeksiyasi 2-3 Boshliq oʻrinbosari — RShTYIM filiali direktori Viloyat Davlat bosh sanitariya vrachi Litsenziya talablari va shartlariga rioya qilish ustidan nazorat boʻyicha bosh mutaxassis 1 Davolash-profilaktika yordamini tashkil etish boʻlimi 2-3 Onalar va bolalarga tibbiy yordamni tashkillashtirish boʻlimi 1-2 Moliya-iqtisod xizmati 2 Bino va inshootlardan tegishlicha foydalanishni monitoring qilish va muvofiqlashtirish boʻlimi 2 — 4 Tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkil etish sektori 1 Kadrlar boʻyicha bosh mutaxassis 1 Yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis 1 Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari Bosh yuriskonsult 1 Ikkinchi boʻlim 1-2
Boshqaruv xodimlari cheklangan soni — 21 — 29 birlik”;
d) 3v-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Bosh boshqarma boshligʻi Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati 2 Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish boʻyicha boshliqning birinchi oʻrinbosari Onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha boshliq oʻrinbosari Iqtisodiyot va umumiy masalalar boʻyicha boshliq oʻrinbosari Nazorat inspeksiyasi 3 Toshkent shahar Davlat bosh sanitariya vrachi Davolash-profilaktika yordamini tashkil etish boʻlimi 4 Moliya-iqtisod xizmati 2 Litsenziya talablari va shartlariga rioya qilish ustidan nazorat boʻyicha bosh mutaxassis 1 Onalar va bolalarga tibbiy yordamni tashkillashtirish boʻlimi 3 Tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkil etish sektori 1 Bino va inshoatlardan tegishlicha foydalanishni monitoring qilish va muvofiqlashtirish boʻlimi 4 Yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis 1 Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari Kadrlar boʻyicha bosh mutaxassis 1 Bosh yuriskonsult 1 Ikkinchi boʻlim 2
Boshqaruv xodimlari cheklangan soni — 29 birlik”;
e) 3g-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hududiy organlari apparatlari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni
T/r Nomi Boshqaruv xodimlari cheklangan soni 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi 28 2. Andijon viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi 29 3. Buxoro viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi 26 4. Jizzax viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi 22 5. Qashqadaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi 28 6. Navoiy viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi 22 7. Namangan viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi 25 8. Samarqand viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi 29 9. Surxondaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi 25 10. Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi 21 11. Toshkent viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi 29 12. Fargʻona viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi 29 13. Xorazm viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi 24 14. Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi 29 Jami: 366
Izoh: Xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning soni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi”;
j) 4a-ilovaning matni kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi
NAMUNAVIY TUZILMASI
Birlashma rahbari — tuman (shahar) markaziy shifoxonasi bosh vrachi Ambulator-poliklinika yordami boʻyicha rahbar oʻrinbosari — Tuman (shahar) markaziy koʻp tarmoqli poliklinika mudiri Ijtimoiy tibbiy yordamni tashkil etish boʻyicha rahbar oʻrinbosari — boʻlim boshligʻi Iqtisodiy va umumiy masalalar boʻyicha rahbar oʻrinbosari Tuman (shahar) davlat sanitariya bosh vrachi Tuman (shahar) markaziy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati, dezstansiya Ijtimoiy tibbiy yordamni tashkil etish boʻlimi 2-3 Sh�shilinch tibbiy yordam boʻlimi tez yordam podstansiyalari mavjud boʻlgan tuman (shahar) markaziy tuman shifoxonasi Tuman (shahar) markaziy koʻp tarmoqli poliklinika Qishloq vrachlik punktlari, qishloq va shahar oilaviy poliklinikalari, dispanserlar (koyka fondisiz) Yakka yolgʻiz qariyalar, pensionerlar va nogironlar uyida xizmat koʻrsatuvchi ijtimoiy xodimlar 1 — 66 Tugʻruq komplekslar, ixtisoslashtirilgan shifoxonalar va dispanserlar (koyka fondi bilan) Markazlashgan moliya-buxgalteriya** Maxsus ekspluatatsiya va taʼmirlash xizmati**
* Ixtisoslashtirilgan poliklinikalarni hisobga olgan holda “Salomatlik” markazlari.
** Shtatlar soni namunaviy shtatlar asosida belgilanadi”;
z) 4b-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Toshkent shahar tuman tibbiyot birlashmasi
NAMUNAVIY TUZILMASI
Birlashma boshligʻi Ambulator poliklinika yordami boʻyicha rahbar oʻrinbosari — Tuman markaziy koʻp tarmoqli poliklinika mudiri Ijtimoiy tibbiy yordamni tashkil etish boʻyicha rahbar oʻrinbosari — boʻlim boshligʻi Iqtisodiy va umumiy masalalar boʻyicha rahbar oʻrinbosari Tuman davlat sanitariya bosh vrachi Tuman markaziy koʻp tarmoqli poliklinika* Ijtimoiy tibbiy yordamni tashkil etish boʻlimi 2-3 Ixtisoslashtirilgan ekspluatatsiya va taʼmirlash xizmati** Tuman (shahar) markaziy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati, tuman dezstansiyasi Oilaviy poliklinikalar, dispanserlar (koyka fondisiz), bolalar stomatologiya poliklinikalari Yakka yolgʻiz qariyalar, pensionerlar va nogironlar uyida xizmat koʻrsatuvchi ijtimoiy xodimlar 1 — 66 Markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmati**
* Ixtisoslashtirilgan poliklinikalarni hisobga olgan holda “Salomatlik” markazlari, shu jumladan Yakkasaroy tumanidagi 24 soatlik koʻp tarmoqli poliklinika.
** Shtatlar soni namunaviy shtatlar asosida belgilanadi”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobot tizimini takomillashtirish ustidan nazoratni kuchaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi PF-3161-sonli Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 26-fevraldagi PF-3857-sonli Farmoni.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-sonli Farmonining 5-bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2011-yil 20-maydagi PF-4309-sonli Farmoni ilovasining 1-bandi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631,-sonli Farmoni ilovasi 32-bandining “a” kichik bandi va 34 bandi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-sonli qarorining 5- va 6-bandlari.
