Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida (1523-3-son)
19.02.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 19-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1523-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2005-yil 18-noyabrdagi 237a-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523, 2005-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 47-48-son, 358-modda) bilan tasdiqlangan Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Vazir Z. MIRZAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 31-yanvar,
43-son
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2018-yil 31-yanvardagi 43-son buyrugʻiga ILOVA
Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 9-banddagi “tuman fermerlari kengashiga”, “Tuman fermerlari kengashi” va “Tuman fermerlari kengashining” degan soʻzlar tegishincha “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga”, “Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” va “Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 10-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “tuman fermerlari kengashining” degan soʻzlar “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 20-bandda:
“a” kichik band birinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat taqdim etiladi (nusxalari olinib, asli qaytariladi).”;
“b” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda komissiyaga mehnat daftarchasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoki uning ish joyidan tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.”;
“g” kichik bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Komissiyaga texnika vositalari texnik pasportlari taqdim etiladi (nusxalari olinib, asli qaytariladi).”;
quyidagi mazmundagi oʻttiz beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“e) talabgor Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan birgalikda berilgan tavsiyanoma xatga ega boʻlsa, 10 ball bilan baholanadi.”;
oʻttiz beshinchi xatboshi oʻttiz oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. 34-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xoʻjaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar ustun huquqdan foydalanadilar.”.
5. 2-ilova ushbu oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
6. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi bilan kelishilgan.
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
2018-yil 25-yanvar
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi B. YUSUPOV
2018-yil 24-yanvar
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi Q. QURANBAYEV
2018-yil 23-yanvar
Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga ILOVA
“Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda talabgorlarning imkoniyatlarini baholaydigan
REYTING BALLARI
T/r Baholash mezonlari Reyting koʻrsatkichlari Reyting ballari Taqdim etiladigan hujjatlar 1. Mutaxassisligi Fermer xoʻjaligi boʻyicha maxsus mutaxassislikka ega 10 ball Maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat Agronom, iqtisodchi, yurist 9 ball Injener, hisobchi 8 ball Mexanik, zootexnik, veterinar 7 ball Boshqa mutaxassis 5 ball 2. Qishloq xoʻjaligidagi ish staji 15 yil va undan yuqori 10 ball Mehnat daftarchasi 10 yildan 15 yilgacha 9 ball 5 yildan 10 yilgacha 8 ball 3 yildan 5 yilgacha 7 ball 1 yildan 3 yilgacha 6 ball 3. Maʼlumoti Oliy 10 ball Maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat Oʻrta maxsus 7 ball Oʻrta 5 ball 4. Fermerlikka talabgor yuridik va jismoniy shaxsning hisob varagʻidagi majburiyatlardan ozod boʻlgan mavjud pul mablagʻi yoki mol-mulki Eng kam oylik ish haqining: Bank maʼlumotnomasi. Tanlovga mol-mulk taklif etilgan taqdirda, uning bahosini va unga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat 500 barobaridan yuqori 10 ball 400 barobaridan 499 barobarigacha 8 ball 300 barobaridan 399 barobarigacha 6 ball 200 barobari�an 299 barobarigacha 4 ball 5. Talabgorga yoki uning oila aʼzolariga (oila aʼzolarining notarial tasdiqlagan roziligi bilan) tegishli yaroqli texnika Haydov traktori yoki oʻrim texnikasi 10 ball Texnik pasport Ishlov berish traktori 9 ball Transport traktori 8 ball Yuk mashinasi 2 ball Yengil mashinasi 1 ball Boshqa qishloq xoʻjaligi texnikasi 1 ball 6. Oilaviy pudratchi yoki fermer xoʻjaligi boshligʻi, qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) hamda boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari va tashkilotlari rahbari va xodimlari (fermer xoʻjaliklari xodimlari va oilaviy pudratchilar bundan mustasno) uchun soʻnggi uch yil davomida mahsulot yetkazib berish boʻyicha shartnomalarning bajarilishi (eng yuqori ball barcha turdagi mahsulot yetkazish shartnomalari bajarilganda beriladi) tuman statistika boʻlimi yoki qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi tomonidan berilgan maʼlumotnoma 3 yil surunkali bajarganda 8 — 10 ball 3 yildan 2 yil bajarganda 6 — 8 ball 3 yildan 1 yil bajarganda 4— 6 ball 7. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan birgalikda berilgan tavsiyanoma xat 10 ball Tavsiyanoma xat 8. Arizada va biznes rejada bayon qilingantakliflarning iqtisodiy asoslanganligi Arizadagi takliflar va biznes rejaning asosiy koʻrsatkichlaridan kelib chiqiladi 5 balldan 10 ballgacha Ariza, biznes reja va zarur hollarda tavsiyanoma xatlar ”.
