Apostil qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizomning 8-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida (126-son)
17.02.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini koʻrsatishda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, shuningdek, ularga mazkur sohada keng qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 307-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2011-y., 11-son, 90-modda) bilan tasdiqlangan Apostil qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizom 8-bandining birinchi xatboshidagi “100” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-fevral,
126-son
