“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (2270-1-son)
15.02.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 15-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2270-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 27-avgustdagi 57-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2270, 2011-yil 27-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 39-son, 408-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2017-yil 26-dekabr,
181-son
