“Yoʻnalishsiz taksilar uchun hisoblagichlar (taksometrlar) va tanish belgilarini yetkazib berish boʻyicha yuridik shaxslarni tanlov asosida tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (2256-1-son)
12.02.2018
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 12-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2256-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-sentabrdagi PF-5185-son “Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2011-yil 8-iyuldagi 112-son “Yoʻnalishsiz taksilar uchun hisoblagichlar (taksometrlar) va tanish belgilarini yetkazib berish boʻyicha yuridik shaxslarni tanlov asosida tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2256, 2011-yil 19-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34–35-son, 353-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq D. DEXKANOV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-fevral,
67-son
Kelishilgan:
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2018-yil 5-fevral
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2018-yil 5-fevral
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
2018-yil 5-fevral
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A. KARIMOV
2018-yil 5-fevral
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2018-yil 5-fevral
