Respublikada soya yetishtirish hajmlarini yanada koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (105-son)
10.02.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Soʻnggi yillarda respublikada noanʼanaviy qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va yetishtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, 2017-yilda respublikada birinchi marta 12 ming gektardan ortiq maydonga soya ekilib, 14 ming tonna soya doni yetishtirildi va ushbu xomashyoni qayta ishlash hisobiga aholiga 2 ming tonnadan ortiq soya yogʻi, parrandachilik korxonalariga 10 ming tonna yuqori ozuqali soya shroti yetkazib berildi.
Shu bilan birga, 2017-yilda soya yetishtirishda bir qator kamchiliklarga yoʻl qoʻyildi. Xususan:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tomonidan soyaning yangi navlarini yaratish, birlamchi urugʻchiligini tashkil etish, ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqishda seleksionerlar, urugʻchi-olimlar va soha mutaxassislarini keng jalb qilish ishlari qoniqarsiz tarzda amalga oshirilgan. Shuningdek, soya yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari bilan ilmiy muassasalar va olimlar oʻrtasida uzviy hamkorlik yoʻlga qoʻyilmagan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari tomonidan soya ekinini ilmiy asoslangan holda joylashtirishga eʼtibor berilmagan, soya ekish uchun yer unumdorligi past, suv bilan yetarli darajada taʼminlanmagan maydonlar ajratilgan, agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish tashkil etilmagan;
“Oʻzpaxtayogʻ” AJ va uning tarkibidagi yogʻ-moy korxonalari tomonidan soya yetishtiruvchi xoʻjaliklar bilan yogʻ-moy korxonalari oʻrtasida kontraktatsiya shartnomalarini tuzish ishlari toʻliq tashkil etilmagan hamda zarur miqdorda urugʻlik yetkazib berilmagan. Shuningdek, ayrim yogʻ-moy korxonalari tomonidan soya yetishtirish va agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish uchun avans mablagʻlari oʻz vaqtida ajratilmagan hamda soya urugʻi fermer xoʻjaliklariga yetarli hajmda yetkazib berilmagan. Natijada, 2017-yilda respublikada asosiy maydonlarda ekilgan soyaning oʻrtacha hosildorligi gektaridan 16 sentnerni, takroriy maydonlarda esa gektaridan atigi 5,9 sentnerni tashkil etgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib hamda respublikada soya ekini maydonlarini yanada kengaytirish, serhosil va ertapishar soya navlarini yaratish, birlamchi urugʻchilikni tashkil etish, soya yetishtirishda yangi zamonaviy agrotexnologiyalarni qoʻllash, aholining soya yogʻiga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash, parrandachilik korxonalariga soya shroti mahsulotini yetkazib berish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda respublikada soya ekishni koʻpaytirish va soya dukkakli ekinlarini oʻstirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2832-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2017-yilda soya yetishtirishda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan:
a) soya ekinini ilmiy asoslangan holda joylashtirishga eʼtibor berilmaganligi, soyaning yangi navlarini yaratish, birlamchi urugʻchiligini tashkil etish, uni yetishtirish boʻyicha ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish yoʻnalishida ilmiy muassasalar faoliyati qoniqarsiz tashkil etilganligi uchun Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi direktori B. Xoliqovga hamda Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori R. Siddiqovga “hayfsan” eʼlon qilinsin;
b) “Oʻzpaxtayogʻ” AJ (Salixov) tomonidan yogʻ-moy korxonalarida soya yetishtiruvchi xoʻjaliklar bilan kontraktatsiya shartnomalarini tuzish ishlari toʻliq tashkil etilmaganligi, xoʻjaliklarga zarur miqdorda urugʻlik yetkazib berilmaganligi, soya yetishtirish va agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish uchun avans mablagʻlari oʻz vaqtida ajratilmaganligi va bu borada tizimli nazorat oʻrnatilmaganligi uchun “Oʻzpaxtayogʻ” AJning Ishlab chiqarish va investitsiyalar boʻyicha direktori Gʻ. Pardayevga hamda tizimdagi yogʻ-moy korxonalari — “Surxonoziqovqatsanoati” AJ (Nurmatov), “Guliston yogʻ ekstrakt” AJ (Allanazarov), “Agroxizmat Shindong” MChJ (Radjabov), “Toshkent yogʻ-moy kombinati” AJ (Roziqov) rahbarlariga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi eʼlon qilish masalasi koʻrib chiqilsin;
v) yer unumdorligi past, suv bilan yetarli darajada taʼminlanmagan maydonlarda soya ekini joylashtirilishi natijasida belgilangan hosil olinmaganligi, soyani yetishtirishda agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish taʼminlanmaganligi boʻyicha kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi Andijon (Abduraxmonov), Buxoro (Barnoyev), Navoiy (Tursunov), Namangan (Bozorov), Sirdaryo (Mirzayev), Toshkent (Ibragimov), Xorazm (Sobirov) viloyatlari hokimlariga, Qoʻrgʻontepa (Ergashev), Shofirkon (Tursunov), Xatirchi (Aliyev), Guliston (Ibodullayev), Bekobod (Isroilov), Shovot (Ataxonov), Zarbdor (Anqayev), Uzun (Normatov), Pop (Sultonov), Dangʻara (Abdusalomov) tumanlari hokimlariga koʻrsatib oʻtilsin;
2018-yilda soya yetishtirish prognoz koʻrsatkichlari bajarilishi taʼminlanmagan taqdirda yuqorida qayd etilgan rahbarlar ularga nisbatan vazifasidan ozod qilishgacha boʻlgan intizomiy jazo choralari koʻrilishi toʻgʻrisida qatʼiy ogohlantirilsin.
2. Quyidagilar:
2018-yil hosili uchun asosiy maydonlarda soya ekinini navlar boʻyicha joylashtirish 1-ilovaga muvofiq;
2018-yilda soya doni yetishtirish uchun talab etiladigan avans mablagʻlari, yoqilgʻi-moylash mahsulotlari va mineral oʻgʻitlar hajmi 2-ilovaga muvofiq;
soya urugʻligi yetishtirishga ixtisoslashtirilgan urugʻchilik fermer xoʻjaliklari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga:
bir oy muddatda mazkur qarorga 1-ilovada keltirilgan soya ekini ekiladigan maydonlarni fermer xoʻjaliklari va konturlar (eng kamida 5 gektar va suv bilan taʼminlangan maydon) boʻyicha joylashtirish;
“Oʻzpaxtayogʻ” AJ tizimidagi yogʻ-moy korxonalari bilan soya yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari oʻrtasida kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini tashkil etish;
soyani optimal muddatlarda ekish, parvarish qilish, soya hosilini tashkiliy ravishda oʻrib-yigʻib olish tadbirlarining oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini taʼminlash vazifalari yuklansin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va tumanlar hokimlariga soya ekinini toʻliq hajmlarda ekish, oʻz vaqtida va sifatli parvarish qilish hamda moʻljallangan hosilni yigʻib olish masalalarining nazorat qilinishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
4. 2018-yil hosili uchun asosiy maydonlarda soya ekinini joylashtirish, yetishtirish va doimiy monitoring olib borish boʻyicha respublika ishchi guruhi tarkibi (keyingi oʻrinda Respublika ishchi guruhi deb ataladi) 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Respublika ishchi guruhi (Z.T. Mirzayev):
hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos ravishda suv taʼminoti yaxshi boʻlgan, unumdor yer maydonlariga soya ekinini joylashtirishda;
fermer xoʻjaliklariga yogʻ-moy korxonalari tomonidan avans mablagʻlarini oʻz vaqtida ajratish, urugʻlik, mineral oʻgʻit, yoqilgʻi-moylash materiallari, kimyoviy vositalarni yetkazib berish, agrotexnika tadbirlari muddatida, sifatli oʻtkazilishini tashkil etish, yetishtirilgan mahsulotlarni belgilangan narxlarda xarid qilish va yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirishda;
soya yetishtiruvchi rivojlangan davlatlar bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, yangi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, soya yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari va soha mutaxassislari malakasini doimiy ravishda oshirib borishni tashkil etishda amaliy yordam berilishini taʼminlasin.
5. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi hududlarning iqlim sharoitlariga mos, serhosil, kasallik va zararkunandalarga chidamli soya urugʻligini xorijiy mamlakatlardan olib kelish yuzasidan soya navlari va talab etiladigan hajmi boʻyicha “Oʻzpaxtayogʻ” AJga oʻz takliflarini 20 kun muddatda kiritsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti bir oy muddatda mahalliy tuproq-iqlim sharoitida soya urugʻlariga ishlov beradigan biopreparatlar ishlab chiqarishni tashkil etsin.
7. “Oʻzpaxtayogʻ” AJ, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda tumanlar hokimliklarining:
2018-yil 1-aprelgacha soya yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari va buyurtmachilar oʻrtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish va soya yetishtiruvchi xoʻjaliklarga yuqori sifatli urugʻliklarni sertifikatlangan holda avans mablagʻi hisobidan yetkazib berilishini taʼminlash;
soya yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari “Oʻzpaxtayogʻ” AJ tizimidagi yogʻ-moy korxonalari oʻrtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq mahsulot yetishtiruvchilarga agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish uchun beriladigan soya urugʻligini hisobga olgan holda shartnoma qiymatining 50 foizidan kam boʻlmagan miqdorda avans mablagʻlarini bosqichma-bosqich toʻlab berish choralarini koʻrish;
“Oʻzpaxtayogʻ” AJning ijro etuvchi apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida yogʻ-moy korxonalari ilmiy-texnika markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda xomashyo bazasini rivojlantirish boʻlimini, shuningdek, tizimdagi barcha yogʻ-moy korxonalarida mutaxassis agronom lavozimini joriy etish haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
8. Tijorat banklariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga bir oy muddatda “Oʻzpaxtayogʻ” AJ tizimidagi yogʻ-moy korxonalariga soya yetishtiruvchilarni avans berish uchun zarur boʻladigan kreditlarni belgilangan tartibda ajratish tavsiya etilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, soyani ekish va parvarish qilish ishlari fermer xoʻjaliklariga ushbu maqsadlar uchun ochilgan maxsus hisob raqami orqali amalga oshiriladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi 2018-yil 15-maygacha, hududiy boshqarmalarni jalb etgan holda, soya ekilgan maydonlarni nazorat oʻlchovidan oʻtkazsin va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-fevral,
105-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-fevraldagi 105-son qaroriga 1-ILOVA
2018-yil hosili uchun asosiy maydonlarda soya ekinini navlar boʻyicha joylashtirish
T/r Hududlar va yogʻ-moy korxonalarining nomi Ekin maydoni, ga Seleksiya navlari, ga Selekta 302 Nafis Oʻzbek-6 Baraka Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1500 1500 - - - “Turon Xoʻjayli” AJ 800 800 - - - 1. Nukus 400 400 - - - 2. Xoʻjayli 400 400 - - - “Yogʻgar” Beruniy AJ 700 700 - - - 1. Toʻrtkoʻl 150 150 - - - 2. Amudaryo 150 150 - - - 3. Beruniy 200 200 - - - 4. Ellikqaʼla 200 200 - - - Andijon viloyati 1600 1439 59 59 44 “Andijon yogʻ-moy” AJ 800 720 29 29 22 1. Andijon 300 274 10 10 7 2. Jalaquduq 250 223 10 10 7 3. Paxtaobod 250 223 10 10 7 “Asaka yogʻ” AJ 800 720 29 29 22 1. Qoʻrgʻontepa 300 274 10 10 7 2. Asaka 500 446 20 20 15 Buxoro viloyati 2000 2000 - - - “Kogon yogʻ ekstraksiya” AJ 1200 1200 - - - 1. Buxoro 300 300 - - - 2. Vobkent 300 300 - - - 3. Shofirkon 300 300 - - - 4 Gʻijduvon 300 300 - - - “Yevrosnar” MChJ 800 800 - - - 1. Peshku 400 400 - - - 2. Romiton 400 400 - - - Jizzax viloyati 1500 1366 49 49 36 “Boʻston Olami” MChJ 700 633 24 24 18 1. Zomin 700 633 24 24 18 “Nurli Don” MChJ 800 733 24 24 18 1. Zarbdor 800 733 24 24 18 Qashqadaryo viloyati 2200 1951 90 90 68 “Qarshi yogʻ ekstraksiya” AJ 1000 885 42 42 31 1. Shahrisabz 600 519 29 29 22 2. Yakkabogʻ 400 366 12 12 9 “Koson yogʻ ekstraksiya” AJ 1200 1065 49 49 36 1. Shahrisabz 200 173 10 10 7 2. Kitob 600 546 20 20 15 3. Yakkabogʻ 400 346 20 20 15 Navoiy viloyati 700 700 - - - “Vangʻozi Agro Eksport” MChJ 500 500 - - - 1. Karmana 150 150 - - - 2. Qiziltepa 250 250 - - - 3. Xatirchi 100 100 - - - “Kontinent-N yogʻ-moy” MChJ 200 200 - - - 1. Navbahor 200 200 - - - Namangan viloyati 1900 1699 73 73 55 “Uchqoʻrgʻon yogʻ” AJ 1200 1066 49 49 36 1. Kosonsoy 400 346 20 20 15 2. Chust 300 260 15 15 11 3. Chortoq 500 460 15 15 11 “Namangan tola tekstil” MChJ 700 633 24 24 18 1. Yangiqoʻrgʻon 400 373 10 10 7 2. Pop 300 260 15 15 11 Samarqand viloyati 1000 893 39 39 29 “Kattaqoʻrgʻon yogʻ-moy” AJ 1000 893 39 39 29 1. Tayloq 300 273 10 10 7 2. Bulungʻur 200 180 7 7 5 3. Jomboy 200 180 7 7 5 4. Oqdaryo 150 130 7 7 5 5. Payariq 150 130 7 7 5 Sirdaryo viloyati 800 800 - - - “Guliston yogʻ ekstrakt” AJ 800 800 - - - 1. Sirdaryo 150 150 - - - 2. Guliston 200 200 - - - 3. Sayxunobod 150 150 - - - 4. Oqoltin 150 150 - - - 5. Boyovut 150 150 - - - Surxondaryo viloyati 1200 1039 59 59 44 “Surxonoziqovqatsanoati” AJ 800 693 39 39 29 1. Sariosiyo 300 260 15 15 11 2. Denov 400 346 20 20 15 3. Shoʻrchi 100 87 5 5 4 “Agroxizmat Shindong” MChJ 400 346 20 20 15 1. Shoʻrchi 150 130 7 7 5 2. Oltinsoy 250 216 12 12 9 Toshkent viloyati 2000 1785 78 78 58 “Yangiyoʻl yogʻ-moy” AJ 1000 893 39 39 29 1. Quyichirchiq 300 273 10 10 7 2. Oqqoʻrgʻon 400 360 15 15 11 3. Chinoz 300 260 15 15 11 “Toshkent yogʻ-moy kombinati” AJ 1000 893 39 39 29 1. Oʻrtachirchiq 500 446 20 20 15 2. Yuqorichirchiq 500 446 20 20 15 Fargʻona viloyati 1500 1353 54 54 40 “Qoʻqon yogʻ-moy” AJ 700 633 24 24 18 1. Beshariq 300 273 10 10 7 2. Buvayda 200 180 7 7 5 3. Oʻzbekiston 200 180 7 7 5 “Fargʻona yogʻ-moy” AJ 800 720 29 29 22 1. Oltiariq 200 180 7 7 5 2. Qoʻshtepa 200 180 7 7 5 3. Quva 200 180 7 7 5 4. Fargʻona 200 180 7 7 5 Xorazm viloyati 600 600 - - - “Urganch yogʻ” AJ 600 600 - - - 1. Urganch 600 600 - - - 0 Jami 18500 17125 501 501 374
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-fevraldagi 105-son qaroriga 2-ILOVA
2018-yilda soya doni yetishtirish uchun talab etiladigan avans mablagʻlari, yoqilgʻi-moylash mahsulotlari va mineral oʻgʻitlar hajmi
Hududlar va yogʻ-moy korxonalarining nomi Ekin maydoni (ga) Boʻnak mablagʻi, mln soʻm Yoqilgʻi hajmi (tn) Mineral oʻgʻit hajmi (tn) azotli fosforli Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1500 3060 165 75 150 “Turon-Xodjeyli” AJ 800 1632 88 40 80 “Yogʻgar” AJ 700 1428 77 35 70 Andijon viloyati 1600 3264 176 80 160 “Andijon yogʻ-moy” AJ 800 1632 88 40 80 “Asaka yogʻ” AJ 800 1632 88 40 80 Buxoro viloyati 2000 4080 220 100 200 “Kogon yogʻ ekstraksiya” AJ 1200 2448 132 60 120 “Yevrosnar” MChJ QK 800 1632 88 40 80 Jizzax viloyati 1500 3060 165 75 150 “Boʻston Olami” MChJ 700 1428 77 35 70 “Nurli Don” MChJ 800 1632 88 40 80 Qashqadaryo viloyati 2200 4488 242 110 220 “Koson yogʻ ekstraksiya” AJ 1200 2448 132 60 120 “Qarshi yogʻ ekstraksiya” AJ 1000 2040 110 50 100 Navoiy viloyati 700 1428 77 35 70 “Vangʻozi agroeksport” MChJ 500 1020 55 25 50 “Kontinent-N yogʻ-moy” MChJ 200 408 22 10 20 Namangan viloyati 1900 3876 209 95 190 “Uchqoʻrgʻon yogʻ” AJ 1200 2448 132 60 120 “Namangan tola tekstil” MChJ 700 1428 77 35 70 Samarqand viloyati 1000 2040 110 50 100 “Kattaqoʻrgʻon yogʻ-moy” AJ 1000 2040 110 50 100 Sirdaryo viloyati 800 1632 88 40 80 “Guliston yogʻ ekstrakt” AJ 800 1632 88 40 80 Surxondaryo viloyati 1200 2448 132 60 120 “Surxonoziqovqatsanoati” AJ 800 1632 88 40 80 “Agroxizmat Shindong” MChJ QK 400 816 44 20 40 Toshkent viloyati 2000 4080 220 100 200 “Toshkent yogʻ-moy kombinati” AJ 1000 2040 110 50 100 “Yangiyoʻl yogʻ-moy” AJ 1000 2040 110 50 100 Fargʻona viloyati 1500 3060 165 75 150 “Qoʻqon yogʻ-moy” AJ 800 1632 88 40 80 “Fargʻona yogʻ-moy” AJ 700 1428 77 35 70 Xorazm viloyati 600 1224 66 30 60 “Urganch yogʻ” AJ 600 1224 66 30 60 Jami 18500 37740 2035 925 1850
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-fevraldagi 105-son qaroriga 3-ILOVA
Soya urugʻligi yetishtirishga ixtisoslashtirilgan urugʻchilik fermer xoʻjaliklari
T/r Hududlar va fermer xoʻjaligi nomi Xoʻjalik rahbari, F.I.Sh. Yer maydoni, ga Jami Soya urugʻchiligi uchun Andijon viloyati 746 150 1 “Asaka oil plant seeds” f/x (Asaka tumani) Abidov A. 74 30 2 “Oqsuv” ilmiy eks. f/x (Qoʻrgʻontepa tumani) Axmedov A. 600 100 3 “Andijon zamin Sardori” f/x (Izboskan tumani) Obidov A. 72 20 Qashqadaryo viloyati 291 100 4 “Suyunov M.N.” f/x (Yakkabogʻ tumani) Suyunov F. 106 35 5 “Abdurazzaqov Asliddin” f/x (Yakkabogʻ tumani) Boʻriyev. A. 90 35 6 “Boyjigit bobo” f/x (Yakkabogʻ tumani) Boyjigitov Sh. 95 30 Namangan viloyati 127 55 7 “Qoʻrgʻoncha nurli istiqboli” FX (Uchqoʻrgʻon tumani) Nuritdinov R. 57 25 8 “Shuxrat Baxrom Kozim” f/x (Chortoq tumani) Xaitov S. 70 30 Samarqand viloyati 128 50 9 “Paxtakor” f/x (Narpay tumani) Xakberdiyev S. 77 30 10 “Elbek Ilgʻor Paxtakor” f/x (Narpay tumani) Ismoilov B. 51 20 Toshkent viloyati 1168 321 11 “Madoniz” f/x (Oʻrtachirchiq tumani) Axmedova M. 155 50 12 “Geo agro biznes” f/x (Oʻrtachirchiq tumani) Axmedov N. 111 55 13 “Shon-Sharaf Biznes” f/x (Oʻrtachirchiq tumani) Axmedov Sh. 185 46 14 “Raximjon Asalxon” agrofirma (Oqqoʻrgʻon tumani) Saidaxmedov O. 316 100 15 “Ultuv” f/x (Quyichirchiq tumani) Urazbayev M. 400 70 Jami: 2459 676
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-fevraldagi 105-son qaroriga 4-ILOVA
2018-yil hosili uchun asosiy maydonlarda soya ekinini joylashtirish, yetishtirish va doimiy monitoring olib borish boʻyicha respublika ishchi guruhi
TARKIBI
1. Z. Mirzayev — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Respublika ishchi guruhi rahbari 2. Sh. Teshayev — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, Respublika ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari 3. M. Salixov — “Oʻzpaxtayogʻ” AJ bosh direktori, Respublika ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari Ishchi guruh aʼzolari: 4. A. Abdullayev — Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi 5. B. Yusupov — Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi 6. B. Mirusmanov — Davlat statistika qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari 7 . Y. Xoliyarov — “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi oʻrinbosari 8. M. Sarimsoqov — “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari 9. R. Ochilov — “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi oʻrinbosari 10. R. Axmedov — “Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati raisi 11. T. Meyliyev — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Paxtachilik va texnika ekinlarini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi
