Soliq toʻlovchi tomonidan hisob hujjatlari yoʻqotilgan yoki yoʻq qilingan taqdirda budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (2110-1-son)
08.02.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 8-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2110-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-son “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2010-yil 1-maydagi 2010-16 va 36-son qarori (roʻyxat raqami 2110, 2010-yil 31-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 22-son, 178-modda) bilan tasdiqlangan Soliq toʻlovchi tomonidan hisob hujjatlari yoʻqotilgan yoki yoʻq qilingan taqdirda budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-yanvar,
2018-02-son
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-yanvar,
4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2018-yil 9-yanvardagi 2018-02 va 4-son qaroriga ILOVA
Soliq toʻlovchi tomonidan hisob hujjatlari yoʻqotilgan yoki yoʻq qilingan taqdirda budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 5-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Hisob hujjatlari yoʻqotilgan yoki yoʻq qilingan taqdirda, soliq toʻlovchi soliq hisobotini taqdim etishning navbatdagi muddati kelgunga qadar 10 kundan kechiktirmay roʻyxatdan oʻtgan joydagi davlat soliq xizmati organiga mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini hisob-kitob qilish orqali hisoblab chiqarish toʻgʻrisida ariza (keyingi oʻrinlarda ariza deb ataladi) berishi shart. Ariza yozma yoki soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali, shu jumladan axborot tizimi orqali yuborilgan elektron shaklda beriladi.”.
2. Nizom ilovasining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 10/18/2110-1/0676-son)
