“Xoʻjalik yurituvchi subyektlar-eksportyorlar tomonidan amortizatsiyani oʻrnatilgan meʼyordan kamroq hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (1897-1-son)
06.02.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 6-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1897-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 28-yanvardagi 10, 63, 2009-2-son “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar-eksportyorlar tomonidan amortizatsiyani oʻrnatilgan meʼyordan kamroq hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1897, 2009-yil 5-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 64-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-yanvar,
13-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-yanvar,
4-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-yanvar,
2018-04-son
