Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-3509-son)
06.02.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmonini ijro etish, shuningdek, respublikaga turistlar oqimini koʻpaytirish, kirish turizmini milliy iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biriga aylantirish, mamlakatning madaniy-tarixiy merosi va tabiiy boyliklarini keng targʻib qilish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Viza rejimini yanada soddalashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
Kirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq;
Turizmni rivojlantirish masalalarida oʻzaro hamkorlikni faollashtirishni taʼminlash boʻyicha masʼullar biriktiriladigan mamlakatlar va hududlar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitada Ziyorat turizmini qoʻllab-quvvatlash boʻlimini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin, unga ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, xorijiy ommaviy axborot vositalarida Oʻzbekiston toʻgʻrisida Islom dini va boshqa jahon dinlarining madaniy-tarixiy va ilmiy-teologik markazi sifatida axborot materiallarini targʻib qilish va tarqatish yuklansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Tashqi ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun:
ustuvor mamlakatlar va hududlardan Oʻzbekiston Respublikasiga turistlar oqimini koʻpaytirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni;
Oʻzbekiston Respublikasida ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini kiritsin.
5. Turizm qoʻmitasi va “Uzbekistan airways” AJ Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini Oʻzbekistonning turizm imkoniyatlarini namoyish etadigan zarur axborot materiallari bilan taʼminlasin, shuningdek, zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga joylashgan mamlakatida “Oʻzbekiston” turizm brendini targʻib qilishga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazish uchun Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan mablagʻlar ajratsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Moliya vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda xorijiy turistlarni jalb qilish prognozini va Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari va xodimlarini joylashgan mamlakatdan turistlar oqimini koʻpaytirganlik uchun budjet mablagʻlari hisobidan mukofotlash, shuningdek, respublikaga turistlar oqimini oshirish boʻyicha yuklangan vazifalarni lozim darajada bajarmaganligi uchun javobgarlik choralarini qoʻllash tartibini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKga Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda xorijiy turistlarni jalb qilish prognozini tasdiqlash hamda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning xorijdagi vakolatxonalari rahbarlari va xodimlarini joylashgan mamlakatidan turistlar oqimini koʻpaytirganlik uchun oʻz mablagʻlari hisobidan mukofotlash, yuklangan vazifalarning bajarilishi taʼminlanmagan holatlarda esa, javobgarlik choralarini qoʻllash tizimini joriy etish tavsiya etilsin.
7. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKga qatnovlar raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida xalqaro qatnovlar uchun aviachiptalarni tannarxidan past narxlarda sotish huquqi berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bilan birgalikda ikki oy muddatda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning soliq solinadigan bazasini arzonlashtirilgan narxlar boʻyicha sotilgan aviachiptalar summasiga kamaytirish mexanizmini joriy etsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
2018-yil 1-martgacha turistlarga tezkor yordam koʻrsatish uchun yagona qisqa umumrespublika telefon raqamiga ega boʻlgan Call-markazning faoliyati autsorsing shartlarida tashkil etilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Call-markazga murojaat qilgan turistlarga tezkor yordam koʻrsatish masalalarida idoralararo oʻzaro hamkorlikni taʼminlasin.
Belgilansinki, Turizm qoʻmitasining Sall-markazi faoliyat yuritishi bilan bogʻliq xarajatlar Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
9. Belgilansinki:
turistlar uchun yoʻnalishni moʻljalga olishni yengillashtirish maqsadida chet tillaridagi (ingliz, rus va boshqa tillarda) koʻrsatkichlarni oʻrnatish tashabbusi bilan chiqqan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ushbu koʻrsatkichlarda ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar (xizmatlar va ishlar)ning reklamasini joylashtirish huquqi beriladi, bunda reklama sohasiga oid qonunchilik talablariga rioya qilinishi taʼminlangan holda joylashtirilayotgan reklamaning umumiy maydoni koʻrsatkich maydonining 40 foizidan koʻp boʻlmasligi lozim;
turistlar tomonidan jamoat joylari, bino va inshootlarni foto va video suratga olish hech qanday cheklovlarsiz amalga oshiriladi, roʻyxati qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan hamda barcha turdagi suratga olishlar taqiqlanganligi haqidagi tegishli koʻrsatkichlar oʻrnatilgan obyektlar bundan mustasno.
10. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Turizm qoʻmitasi va Madaniyat vazirligi har chorakda va yil yakunlariga koʻra respublikaning turizm imkoniyatlari va salohiyati, uning tarixiy shaxslari, tarixi, madaniyati, anʼanalari, sporti toʻgʻrisidagi eng yaxshi video, foto va audiomateriallarni aniqlash boʻyicha tanlovni tashkil qilish va oʻtkazish orqali mahalliy va chet ellik gʻoliblarni aniqlagan holda tegishlicha Ekologiya jamgʻarmasi, Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga taqdirlashni taʼminlasin.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda 2018-yildan boshlab har yili daromadlar prognozi ortigʻi bilan bajarilgan mablagʻlar va boshqa budjetdan tashqari manbalarning mablagʻlari hisobiga xalqaro turizm koʻrgazmalari va yarmarkalarida ishtirok etish, keyinchalik chet el jamoatchiligi orasida tarqatish maqsadida tegishli axborot materiallarini tayyorlash hamda xorijiy ommaviy axborot vositalarida reklama kampaniyalarini ishga solish orqali hududlarning turizm salohiyatini targʻib qilish uchun mablagʻlar ajratsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oltin buyumlar hamda belgilangan tartibda tayyorlangan oʻlchovli yombilar xorijiy turistlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishi tartibining soddalashtirilishini nazarda tutadigan Hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda:
Madaniyat vazirligi va “Oʻzbekkino” milliy agentligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi hamda “Oʻzbekkino” milliy agentligining buyurtmanomalariga koʻra xorijiy ijodiy guruhlarga respublikaning turizm salohiyati toʻgʻrisidagi foto va videomateriallarni tayyorlash uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini, jumladan, dronlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnomalarni berish tartibini koʻzda tutadigan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2018-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida “Qarshi” xalqaro aeroportini “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning tarkibidan chiqarib, xalqaro aeroportlarni boshqarish boʻyicha maxsus kompaniya boshqaruviga berish, aeroport hududida “Ochiq osmon” rejimini, shu jumladan, loukoster aviakompaniyalarini jalb qilgan holda joriy qilishni nazarda tutuvchi “Qarshi” xalqaro aeroportini rivojlantirish konsepsiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Xorijlik turistlar, jumladan, ziyorat qilish maqsadida kelayotgan turistlar uchun viza va roʻyxatdan oʻtish tartibotlarini bosqichma-bosqich soddalashtirishga doir takliflar tayyorlash boʻyicha ishchi guruhga har chorakda tegishli maʼlumotlar kiritgan holda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Viza rejimini yanada soddalashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasining amalga oshirilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
15. Turizm qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Kirish turizmini rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borilishini;
monitoring yakuniga koʻra Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va xizmatlar sohalarida davlat-xususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashga rejalashtirilgan chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda soʻzsiz bajarilishini taʼminlash maqsadida tegishli qarorlarni qabul qilish uchun har chorakda takliflar kiritib borilishini taʼminlasin.
16. Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va xizmatlar sohalarida davlat-xususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (A. Aripov):
ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarning soʻzsiz, oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan doimiy va tizimli nazorat tashkil etilishini;
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari — masʼul ijrochilarning ushbu qaror bilan tasdiqlangan Kirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasining soʻzsiz bajarilishi yuzasidan ular tomonidan koʻrilayotgan amaliy choralarning har chorakda eshitilishini taʼminlasin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmuradov va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-fevral,
PQ-3509-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3509-son qaroriga 1-ILOVA
Viza rejimini yanada soddalashtirish boʻyichaamaliy
CHORA-TADBIRLAR REJASI
T/r Chora-tadbirlar nomi va amalga oshirish mexanizmi Ijro etishmuddati Masʼul ijrochilar 1. Qisqa muddatli kirish vizalari (72 soat) taqdim etish mexanizmini, bunda uchinchi mamlakatga aviabilet va vizasi mavjud boʻlgan (zarur hollarda) va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlaydigan miqdorda konsullik yigʻimlarni nazarda tutib, shuningdek, xorijiy fuqarolarni aeroportning chegara zonasidan tashqari chiqishini nazorat qiluvchi tasdiqlangan turistik dasturlar boʻyicha tanishtirish turi uchun qisqa muddatli (soat 8.00 dan 21.00 gacha) nazorat qiluvchi (kuzatib boruvchi) vizani joriy etish. 2018-yil, may Tashqi ishlar vazirligi, MXX, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar 2. Xalqaro tajribani oʻrganish asosida barcha tashkiliy va texnik masalalarni hal etgan holda elektron kirish vizalarini berish tizimini loyihalashga texnik topshiriq tayyorlash. 2018-yil, fevral DPM, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, MXX, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, vazirliklar va idoralar 3. Elektron kirish vizalarini berish tizimini tatbiq etish boʻyicha loyihani amalga oshirish va loyiha bosh pudratchisini aniqlash bilan bogʻliq tegishli tashkiliy-texnik tadbirlarni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlashga kiritish. 2018-yil, mart DPM, Tashqi ishlar vazirligi, IIV, MXX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, vazirliklar va idoralar 4. Elektron kirish vizalar tizimini loyihalashga va amalga oshirishga loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va belgilangan tartibda tasdiqlash. 2018-yil, aprel DPM, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, MXX, vazirliklar va idoralar 5. Ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olib, elektron kirish vizalarini rasmiylashtirish va berish tartibini aniq belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish. 2018-yil, aprel DPM, Tashqi ishlar vazirligi, IIV, MXX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, vazirliklar va idoralar 6. Xalqaro “Visa”, “Master card” va boshqa toʻlov tizimlarini joriy etish uchun uchun texnologik yoʻriqnomalar (spetsifikatsiyalar) taqdim etish bilan birga “Elektron viza” Oʻzbekiston Respublikasi rasmiy davlat portali negizida yaratilayotgan elektron kirish vizalarini berishga toʻlovni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish. 2018-yil, fevral Markaziy bank, DPM, Tashqi ishlar vazirligi, IIV, MXX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, vazirliklar va idoralar 7. Elektron kirish vizalarini berish tizimini amalga oshirish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarning tegishli hisob-kitoblari va ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida, uni roʻyobga chiqarishda moliyalashtirish manbalarini, xorijiy fuqarolarga respublika hududiga kirishida elektron kirish vizasini rasmiylashtirish va berishga davlat boji miqdorini, shuningdek, xalqaro “Visa”, “Master card” va boshqa toʻlov tizimlaridan foydalanishda koʻrsatilgan xizmatlar uchun bankning foiz stavkalarini aniqlash. 2018-yil, fevral Moliya vazirligi, DPM, Tashqi ishlar vazirligi, IIV, MXX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar 8. Elektron kirish vizalarini berish tizimida ishtirok etayotgan vazirliklar va idoralarga zarur uskunalarni sotib olish va oʻrnatib berish, maxsus dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish orqali apparat-dasturiy kompleks bilan taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasporti infratuzilmasidan foydalangan holda elektron kirish vizalarini berish tizimini sinov testlaridan oʻtkazish. 2018-yil, iyun DPM, Tashqi ishlar vazirligi, IIV, MXX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, vazirliklar va idoralar 9. Kirish vizalarini olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida xorijiy fuqarolar tomonidan berilgan yozma arizalariga muvofiq, va rasmiylashtirish jarayoni boʻlayotgan mamlakatda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi boʻlishidan qatʼiy nazar xalqaro aeroportlarda kirish vizalarini berish tizimini oʻrnatilgan tartibda kengaytirish. doimiy Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 10. Davlat personallashtirish markazida Markazning shtat birligini oshirish bilan birga elektron kirish vizalarini olish uchun xorijiy fuqarolardan kelib tushadigan maʼlumotlarni kecha-kunduz taʼminlashga masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan tuzilma yaratish boʻyicha takliflar tayyorlash. 2018-yil, iyul DPM, Tashqi ishlar vazirligi, IIV, MXX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, vazirliklar va idoralar Respublikaning amaldagi biometrik pasport tizimi infratuzilmasidan foydalangan holdaelektron arizalarni qabul qilishni amalga oshirish, loyiha ishtirokchilariga elektron arizalar toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqsimlash, javoblarni olish va birlashtirish, shuningdek, arizachiga natijalarni taqdim etish. doimiy 11. Xorijiy fuqaroni vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida avtomalashtirilgan axborot tizimlari vositasi bilan Ichki ishlar vazirligiga maʼlumot yuborish orqali respublika hududida xorijiy fuqarolarni boʻlishini hisobga olish va nazorat qilishni taʼminlash. doimiy IIV, DPM, MXX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, vazirliklar va idoralar 12. Elektron kirish vizalarini berish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida maʼlumot almashish masalalaridaxorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni oʻrnatish. doimiy DPM, Tashqi ishlar vazirligi, MXX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 13. Oʻzbekiston Respublikasi hududida viza rejimini buzgan xorijiy fuqarolar javobgarligini yanada liberallashtirish boʻyicha ilgʻor chet el tajribasini hisboga olib, takliflar tayyorlash. 2018-yil, avgust IIV, Tashqi ishlar vazirligi, MXX, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 14. Viza va roʻyxatga olish tartib-taomillari toʻgʻrisida: xorijiy fuqarolarga axborot va videomateriallar ishlab chiqish; maʼlumot materiallarini Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik missiyalarida, havo kemalari va poyezdlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini kesib oʻtayotgan paytda nazorat-oʻtish punktlarida namoyon qilish orqali xorijiy fuqarolar oʻrtasida ogohlantiruvchi va profilaktika ishlarini oʻtkazish. doimiy IIV, Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, DBQ, MXX, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Milliy teleradiokompaniyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3509-son qaroriga 2-ILOVA
Kirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyichaamaliy
CHORA-TADBIRLAR REJASI
T/r Chora-tadbirlar nomi va amalga oshirish mexanizmi Ijro etish muddati Masʼul ijrochilar 1. Havo kemalarida qoʻshimcha pullik xizmatlarni, shu jumladan, qoʻngʻiroqlarni amalga oshirish, xabarlar joʻnatish va Internet butunjahon axborot tarmogʻidan foydalanishni taqdim etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2018-yil, mart “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK 2. Ekonom-klass yoʻlovchilari uchun Oʻzbekiston Respublikasidan uchib ketishda pul toʻlanmasdan olib chiqishga ruxsat etilgan yuk ogʻirligi qoʻshimcha 10 kg ga oshirish. 2018-yil, fevral “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK 3. Jismoniy shaxslarning oʻz ehtiyojlari uchun bojxona toʻlovlari solinmaydigan, olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovarlar normasini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash. 2018-yil, fevral DBQ, Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, MXX, vazirliklar va idoralar 4. Havo kemalari bortida translyatsiya qilish uchun “yashil/qizil yoʻlak” mavzusida maxsus axborot videoroliklarini yaratish. 2018-yil, fevral DBQ, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, Milliy teleradiokompaniyasi 5. Bir-biriga yaqin boʻlgan xizmatlar xodimlarini (bojxona, chegara va boshqa nazorat turlari) keyinchalik tegishli sertifikat berilishi bilan birga xalqaro aeroportlarda va Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl vokzallarida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish madaniyati boʻyicha oʻqitishni tashkil etish. doimiy “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, DBQ, MXX 6. “Qarshi” xalqaro aeroportini uni “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK tarkibidan chiqarib xalqaro aeroportlarni boshqarish boʻyicha ixtisoslashtirilgan kompaniya boshqaruviga topshirishni nazarda tutgan holda rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida mashhur loukoster aviakompaniyalarini jalb qilib, aeroport hududida “Ochiq osmon” rejimini joriy etish. 2018-yil, iyun Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, Davavianazorat, Qashqadaryo viloyat hokimligi 7. Turizm avtobuslarda chegarani kesib oʻtuvchi turizm guruhlar uchun chegaralarda qoʻshni davlatlar bilan chegara nazoratidan tez oʻtish mexanizmini joriy etish (mazkur mexanizmni joriy etishdan avval turizm faoliyati subyektlari buyurtmasiga koʻra turizm avtobuslar uchun chegara nazoratidan oʻtishda alohida yoʻlak tashkil etishni taʼminlash). 2018-yil, mart DBQ, MXX, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 8. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning Oʻquv-mashgʻulot markazi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Turizm sohasida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish Respublika markazi” DUK va va Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari negizida xalqaro aeroport va temir yoʻl vokzallarining bojxona va chegara nazorati xodimlari uchun bepul xorijiy tillarni oʻrgatuvchi sirtqi bir yillik (sertifikat olish uchun), uch oylik (malaka oshirish uchun), bir haftalik (malakasini tasdiqlash uchun har besh yilda) kurslarini tashkil etish. doimiy “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, DBQ, MXX 9. Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida davlat-hususiy sheriklik asosida xalqaro aeroportlarini temir yoʻl vokzallari va avtovokzallar bilan, shuningdek, yirik mehmonxonalar bilan bogʻlovchimaxsus avtobuslar (shuttle-bus) aviareyslar jadvali bilan bogʻliqligini nazarda tutgan holda qatnashini taʼminlash. 2018-yil, mart Samarqan, Buxoro, Xorazm va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti” agentligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK,“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 10. Oʻzbekiston tibbiyot turizmini yuksaltirish va xorijdan qoʻshimcha oqimni jalb qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi davolash, sanatoriya-kurort muassasalarining yagona reyestri va ular tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar roʻyxatini yaratish. 2018-yil, mart Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi 11. Shaxarlarda va turistlarga xizmat koʻrsatiladigan obyektlarda vaqti-vaqti bilan mavsumiy chegirmalar oʻtkazish va turli diskont tizimlarni tatbiq qilish bilan birga mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport qilinadigan tovarlarga ixtisoslashtirilgan savdo maydonlarini tashkil etish. doimiy Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi 12. Mamlakatda imkoniyatlar va turistlarga sharoitlar toʻgʻrisida axborot materiallari tayyorlashlari maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ijodiy suratga olish guruhlari, jurnalistlar, blogerlar va OAV vakillarining kelishini tashkil etish ishlarini faollashtirish. doimiy Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sport davlat qoʻmitasi (Goskomsport), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Milliy teleradiokompaniyasi, Badiiy akademiyasi 13. Oʻzbekiston Respublikasida hududida turizm salohiyati, tabiati, oʻzbek halqining madaniyati, urf-odatlari va yashash tarzi toʻgʻrisida materiallarni suratga olish niyatidagi xorijiy televizion kompaniyalar, jurnalistlar, hujjatli kinochilar va boshqa ijodiy guruhlarga Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining yozma iltimosnomasiga binoan ikki kun muddatda vaqtincha akkreditatsiya qilishni nazarda tutuvchi vaqtinchalik akkreditatsiya qilishning yangilangan tartibini yoʻlga qoʻyish. 2018-yil, fevral Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 14. Mahalliy mahsulotlarni eksport qiluvchilar uchun qadoqlarda, texnik pasportlarda, eksport qilinadigan mahsulotdan foydalanishdagi qoʻllanmalarda “Welcome to Uzbekistan” savdo belgisi “Uzbekistan.travel” portalini koʻrsatgan holda va tegishli QR-kodidan majburiy foydalanish, shu jumladan oʻzi yopishtiriladigan etiketkalarni qoʻllashni joriy etish. 2018-yil, mart “Oʻzstandart” agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzavtosanoat” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK 15. Xorijiy OAV va turizm sohasining mutaxassislariga Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining yozma iltimosnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-sentabrdagi “Xorijiy ommaviy axborot vositalari va turizm sohasi tashkilotlari vakillari uchun Oʻzbekistonda axborot turlarini tashkil etish toʻgʻrisida” 747-son qarorida nazarda tutilgan 200 aviabiletga qoʻshimcha ravishda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK xalqaro reyslariga har yili 200 aviabiletlarni bepul taqdim etish. doimiy “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 16. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining yozma iltimosnomasiga koʻra“Oʻzbekiston” milliy turizm brendini targʻib qilishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni oʻtkazish uchun mahalliy ijodiy guruhlar va estrada artistlarini Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik missiyalariga yuborish. doimiy Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 17. Madaniy meros obyektlarida, temir yoʻl vokzallarida, aeroportlarda va mehmonxonalarda ijrochilarning oʻz mablagʻlari hisobiga turizm-maʼlumot markazlarini tashkil etish, shu bilan birga mazkur markazlarni jihozlash, xizmat koʻrsatishning firma uslubini qoʻllash, xizmatlar turlari, sim-kartalar, turli madaniy-ommaviy tadbirlarga biletlar, mamlakatning turizm markazlariga qisqa muddatli turlar, shuningdek, temir yoʻl va aviabiletlar sotishboʻyicha tavsiyanomalar ishlab chiqishni nazarda tutish. 2018-yil, aprel Madaniyat vazirligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 18. Wi-Fi ochiq tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini, shu bilan birga, unda Wi-Fi ochiq tarmoqlaridan foydalanuvchilar uchun talablarni kiritgan holda, shuningdek, mobil operatorlarning sim-kartalarini sotib olish, bunda shartnomada xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish toʻgʻrisida koʻrsatilgan maʼlumot haqidagi talabni chiqarib tashlashni nazarda tutuvchi qoidalarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2018-yil, mart Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar 19. Xorijiy va mahalliy turistlarni Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Call-markaziga qisqa telefon raqamiga murojaat qilish imkoni toʻgʻrisida, shuningdek, qisqa matnli bepul xabarlar yuborish orqali Xavfsiz turizm dasturining aksiya va faoliyati toʻgʻrisida hamda “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturiaxborot mexanizmini joriy qilish. 2018-yil, fevral Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, IIV, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, mobil aloqalar operatorlari, vazirliklar va idoralar 20. Oʻzbekistonga eng koʻp turistlar oqimini taʼminlovchi, xorijiy mamlakatlarda keyinchalik translyatsiya qilish maqsadida xorijiy hamkorlarga Oʻzbekiston tarixini, madaniyatini va urf-odatlarini, shu jumladan, turizm salohiyatni namoyon etuvchi materiallar (qisqa metrajli videoroliklar, kinofilmlar va boshqa audiovizual mahsulotlar)ni bepul taqdim etish amaliyotini ishlab chiqish va joriy etish. 2018-yil, mart Milliy teleradiokompaniya, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 21. Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy jamoat arboblari, mashhur sporchilar, ilm-fan, madaniyat va sanʼat vakillari, musiqachilarini ularga respublikaning turizm markazlari bilan tanishtiruv safarlarini oʻtkazgan holda, ularning tashrifini xorijiy OAVlarida, shu jumladan, mashhur ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini taʼminlagan holda ularning tashrifini muntazam tashkillashtirishni amaliyotga joriy etish. doimiy Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Sport davlat qoʻmitasi, Badiiy akademiya 22. Xorijiy delegatsiyalarni har jihatdan qulay kelishi va opertiv oʻtishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi buyurtmalari boʻyicha respublikaning rasmiy delegatsiyalar va “Business Lounge” xalqaro aeroportlar zallarida oyiga 10 tagacha xorijiy delegatsiyalarini, yirik xorijiy OAV, investitsiya va turizm kompaniyalar vakillarining uchrashuvlari va kuzatuvlarini begʻaraz tashkillashtirish. doimiy “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 23. Xorijiy kinokompaniyalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida sruatga olish ishlarini oʻtkazishlari uchun kerakli hujjatlarni olish tartib-taomillarini tubdan soddalashtirishni nazarda tutuvchi, shuningdek, tele- va kino suratga olish uskunalarini, rekviziti va materiallarni suratga olish uchun boshqa zarur uskunalarni taqdim etishda ularni “Oʻzbekkino” Milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi saytida eʼlon qilish qilgan holda ijara pulining maqbul qatʼiy stavkalarini belgilovchi hukumat qarorining loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2018-yil, aprel “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar 24. Mahsulotlar va xizmatlarni, shu jumladan, “Halal”, “Kosher” va “Vegan”ni ixtiyoriy sertifikatlash tizimini ishlab chiqish va tatbiq etish chora-tadbirlari rejasi loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish. 2018-yil, aprel “Oʻzstandart” agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi 25. Respublikaning tarixiy shaharlarida bojsiz savdo doʻkonlar (Duty Free) faoliyatini tashkil etish hamda xalqaro aeroportlarda sotib olingan “Tax Free” tizimi isteʼmol tovarlariga qoʻshilgan qiymatsoligʻi summasi qaytarish mexanizmini (zarur hollarda ixtisoslashtirilgan xorijiy kompaniyalarni jalb qilish bilan birga) joriy etish. 2018-yil, aprel Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 26. Xorijiy mamlakatlarning siyosiy, madaniy, sport, ishbilarmonlar doirasidan koʻzga koʻringan salohiyatli nomzodlar roʻyxatini aniqlashni nazarda tutuvchi xorijiy mamlakatlarda Oʻzbekiston turizm brendi elchisi institutini tashkil etish; Xorijda Oʻzbekiston turizm brendi elchilarining funksional vazifalari va hamkorlik qilish mexanizmlarini, shu jumladan, Oʻzbekistonga yiliga ikki marotaba kelishlarini belgilash; Oʻzbekiston turizm brendi elchilari ishtirokida reklama aksiyalarini, shu jumladan shartnoma tuzish asosida oʻtkazishni ishlab chiqish. 2018-yil, mart doimiy Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, vazirliklar va idoralar 27. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi buyurtmanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi vakillariga xalqaro turizm koʻrgazmalarida qatnashish va “Oʻzbekiston” yagona milliy brendini taqdim etish maqsadida xalqaro aviareyslarga aviabiletlar va normadan ortiq yukni bepul olib oʻtishni taʼminlashda: beshtadan koʻp boʻlmagan, chegirma miqdori 75 foizdagi aviabiletlar va 500 kg gacha normadan ortiq yukni (reklama va boshqa materiallar) — Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi boʻlinmalari va tashkilotlari vakillariga, shuningdek, uchta aviabiletdan koʻp boʻlmagan va 50 kg gacha normadan ortiq yukni (reklama materiallari va suvenirlar) — barcha turizm kompaniya-ishtirokchilarga; ikkitadan koʻp boʻlmagan, chegirma miqdori 25 foizdagi aviabiletlar va 20 kg gacha normadan ortiq yukni (reklama materiallari va suvenirlar) — barcha turizm kompaniya-tashrif qiluvchiga; oʻntadan koʻp boʻlmagan, chegirma miqdori 90 foizdagi aviabiletlar va 500 kg gacha normadan ortiq yukni (musiqa asboblari va apparaturalari) — folklor va raqs guruhlari aʼzolariga; 5 tadan koʻp boʻlmagan, chegirma miqdori 75 foizdagi aviabiletlar va 100 kg gacha normadan ortiq yukni (suratga olish uskunalari) — ommaviy axborot ositalari vakaillariga. 2018-2019-yillar “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 28. Xalqaro toʻlov tizimi bilan ishlovchi bankomatlar va terminallar oʻrnatilishi zarur boʻlgan turistlar tomosha qiladigan va turistik obyektlar infratuzilmasi (mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, savdo va koʻngilochar komplekslar, aero- va temir yoʻl vokzallari, tarixiy komplekslar va boshqa turistlar borib koʻradigan joylar) roʻyxatini shakllantirish. Xalqaro toʻlov tizimlari bilan ishlovchi bankomatlar va terminallar shakllantiriladigan roʻyxatga muvofiq oʻrnatish. 2018-yil, fevral keyinchalik har chorakda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar, turizm nmoyishi obyektlari va turizm infratuzilmalari egalari, Markaziy bank, tijorat banklari 29. Oʻzbekiston yagona brendini tashqi bozorlarda foydalanish mexanizmini joriy etish, bunda quyidagilar nazarda tutish: Tashqi savdo vazirligi, Madjaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va boshqa davlat yirik kompaniyalari hamda xoʻjalik birlashmalari va boshqa reklama mahsulotlarini chet elda yuksaltirishda manfaatdor boʻlgan tashkilotlarning reklama byujetini konsolidatsiya qilish; Oʻzbekiston yagona turizm brendini yaratishga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish uchun konsalting kompaniyalarini belgilangan tartibda jalb qilish va respublikaning yagona turizm brendini ishlab chiqishga xalqaro tanlov (tender) oʻtkazish; Oʻzbekiston yagona turizm brendini tasdiqlash va uni xorijda yuksaltirishda konsolidar reklama budjetidan foydalanish; Oʻzbekiston yagona turizm brendini jahonning yetakchi telekanallarida va Internet tarmoqlarida yuksaltirish, shuningdek, bosma va boshqa audiovizual mahsulotlar, shu jumladan, mamlakatning davlat va nodavlat telekanallarini jalb qilgan holda tayyorlash uchun har yili zarur budjet mablagʻlarini ajratish. 2018-yil Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, vazirliklar va idoralar Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga) Turizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashi Turizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK 30. Xorijda doʻstlik jamiyatlari va oʻzbek diasporasi, shu jumladan tarixi, madaniyati, milliy urf-odatlarini targʻib qilish ishlarini faollashtirish, chora-tadbirlari rejasi loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2018-yil, mart Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstona aloqalar qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 31. Geostansionar sputniklar orqali chet tillarida namoyish etiladigan xalqaro televizion kanallarni yaratish va yoʻlga qoʻyishda davlat va nodavlat Oʻzbekiston teleradiokompaniyalariga koʻmaklashish. Xalqaro teleradiokompaniyalar mablagʻlari, investor va donorlar mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taʼqiqlanmagan manbalar hisobiga boshqachet el xalqaro telekanallarini taklif qilgan holda Oʻzbekistonning noyob tarixi, oʻtmishning buyuk arboblari va olimlari, diqqatga sazovor joylari, milliy oshxonasi, madaniy urf-odatlari toʻgʻrisida hujjatli filmlar va teleeshittirishlar filmlar ishlab chiqarish. 2018-yil davomida Oʻz Matbuot va Axborot agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, teleradiokompaniyalar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3509-son qaroriga 3-ILOVA
Turizmni rivojlantirish masalalarida oʻzaro hamkorlikni faollashtirishni taʼminlash boʻyicha masʼullar biriktiriladigan mamlakatlar va hududlar
ROʻYXATI
T/r Mamlakat Masʼul ijrochilar Lavozimi 1. Amerika Qoʻshma shtatlari, Kanada S.S. Safoyev Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari 2. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, Irlandiya A.A. Kurmanov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati qoʻmita raisi 3. Saudiya Arabistoni Qirolligi va Fors koʻrfazi mamlakatlari R.S. Qosimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori 4. Xitoy Xalq Respublikasi A.J. Ramatov Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi 5. Turkiya Respublikasi J.A. Qoʻchqorov Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri 6. Indoneziya Respublikasi Z.T. Mirzayev Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari 7. Fransiya Respublikasi R.T. Mamatov Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri 8. Rossiya Federatsiyasi, Eron Islom Respublikasi A.S. Sultonov Bosh vazir oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi 9. Latviya Respublikasi, Litva Respublikasi, Estoniya Respublikasi, Germaniya Federativ Respublikasi, Avstriya Respublikasi, Shveysariya Konfederatsiyasi S.U. Umurzakov Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri 10. Isroil davlati R.K. Davletov Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri 11. Skandinaviya mamlakatlari va Daniya Qirolligi Sh.X. Shermatov Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. 12. Yaponiya, Singapur Respublikasi, Avstraliya Ittifoqi A.A. Abduxakimov Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi 13. Belarusiya Respublikasi, Moldova Respublikasi, Ukraina B.T. Qoʻchqorov Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi 15. Tojikiston Respublikasi R.D. Qurbonov Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi 16. Qozogʻiston Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Turkmaniston S.X. Bekenov Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari 17. Polsha Respublikasi, Bolgariya Respublikasi va Sharqiy Yevropaning boshqa mamlakatlari E.M. Muxitdinov Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari 18. Ispaniya Qirolligi, Italiya Respublikasi, Portugaliya Respublikasi R.A. Usmanov Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari 19. Gruziya, Armaniston Respublikasi S.P. Niyazxodjayev Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari 20. Hindiston Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi Sh.Sh. Sharaxmetov Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari 21. Malayziya O.O. Yusupov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qoʻmitasi raisi 22. Tailand Qirolligi, Vyetnam Sotsialistik Respublikasi va Janubiy-Sharqiy Osiyoningboshqa mamlakatlari B.I. Xakimov “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktori 23. Koreya Respublikasi U.Z. Salimov “Oʻzavtosanoat” AJ raisi 24. Qirgʻiziston Respublikasi A.I. Ikramov Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi 25. Afgʻoniston Islom Respublikasi I.R. Irgashev Afgʻoniston boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus vakili 26. Belgiya Qirolligi, Niderladiya Qirolligi, Lyuksemburg Buyuk Gersogligi V.I. Norov Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori
Izoh: turizmni rivojlantirish masalalarida mamlakatlar va mintaqalar bilan oʻzaro hamkorlikni faollashtirishni taʼminlash uchun masʼullar boshqa ishga oʻtganda Turizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtirish kengashi tomonidanmazkur masalalarr ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
