Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida (7-1-son)
01.02.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 1-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 7-1]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2018-yil 29-yanvardagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan, buyuraman :
1. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining 2018-yil 5-yanvardagi 02-1/03-15-son Aholi yashash joylarida oqova suv va suv quvurlaridan texnik foydalanish qoidalarini (roʻyxat raqami 7, 1993-yil 27-dekabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish masalasi yuzasidan xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan tasdiqlangan Aholi yashash joylarida oqova suv va suv quvurlaridan texnik foydalanish qoidalari (roʻyxat raqami 7, 1993-yil 27-dekabr) davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Huquqiy targʻibot va axborot boshqarmasi ushbu buyruqni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazirning birinchi oʻrinbosari N. JOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 1-fevral,
62-mh-son
