5102-modda. Nazorat tartibida berilgan shikoyatlarni koʻrib chiqmasdan qaytarish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-463-son) · Sana: 29.01.2018 · Amalda
Nazorat tartibida berilgan shikoyat quyidagi hollarda koʻrib chiqilmasdan qaytariladi, agar:
1) nazorat tartibida berilgan shikoyat ushbu Kodeks 5021-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;
2) nazorat tartibida berilgan shikoyatga ish boʻyicha qabul qilingan, sud qarorlarining sud tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxalari ilova qilinmagan boʻlsa;
3) ish apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa;
4) nazorat tartibida berilgan shikoyatni qaytarib olish toʻgʻrisida ariza kelib tushganda.
Ushbu modda birinchi qismining 1 — 3-bandlarida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat bergan shaxs qaytadan umumiy tartibda murojaat qilishga haqlidir”;
32) 511-moddaning 2-bandidagi “har qanday sudning” degan soʻzlar “barcha instansiya sudlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
33) 512-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishlarni sudlardan talab qilib olish huquqiga nazorat tartibidagi shikoyatni ushbu Kodeksning 515-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻrganayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi ham ega.
Ishlarni talab qilib olishga ushbu Kodeksning 498-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning shikoyatlari, sudyalar va prokurorlarning taqdimnomalari, ommaviy axborot vositalarining xabarlari, shuningdek ushbu Kodeksning 511-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning bevosita shunday qarorga kelishi sabab boʻladi”;
34) 514 va 515-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
