“485-modda. Sud tergovining toʻliq emasligi va bir yoqlamaligi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-463-son) · Sana: 29.01.2018 · Amalda
Basharti ish boʻyicha:
1) ushbu Kodeksning 82 — 84-moddalarida koʻrsatilgan holatlar yetarlicha toʻla aniqlanmagan boʻlsa;
2) koʻrsatuvlari ishni hal qilishga taʼsir etishi mumkin boʻlgan shaxslar soʻroq qilinmagan, zarur boʻlishiga qaramay ekspertiza oʻtkazilmagan, xuddi shuningdek hujjatlar, ashyoviy dalillar talab qilib olinmagan yoki natijalari ish uchun ahamiyatli boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa sud-tergov harakatlari oʻtkazilmagan boʻlsa;
3) ishni yangidan apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqishga yuborgan nazorat instansiyasi sudi ajrimida, qarorida bayon qilingan holatlar tekshirilmagan boʻlsa, sud tergovi toʻliq emas yoki bir yoqlama oʻtkazilgan deb eʼtirof etiladi”;
16) 486-moddaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) sudning hukmda bayon etilgan xulosalarida jiddiy ziddiyatlar mavjud boʻlib, ular sudlanuvchining aybliligi masalasini hal qilishga, Jinoyat kodeksi normalarini toʻgʻri qoʻllashga yoki jazo chorasini belgilashga taʼsir koʻrsatgan boʻlsa yoki taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa”;
17) 490-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud jinoyat ishini apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrib chiqib, ushbu Kodeksning 49713, 5061 va 521-moddalariga muvofiq qaror qabul qiladi”;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi toʻliq yoki qisman sud tergovi oʻtkazishga, hukmni bekor qilishga va yangi hukm chiqarishga yoxud hukmga oʻzgartirishlar kiritishga haqlidir”;
toʻrtinchi qismidagi “Kassatsiya va nazorat instansiyasi” degan soʻzlar “Nazorat instansiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 491 va 492-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
