3248-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi qarorining koʻchirma nusxasini yuborish (topshirish)
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-463-son) · Sana: 29.01.2018 · Amalda
Kassatsiya instansiyasi sudi qarorining koʻchirma nusxasi chiqarilganidan keyin uch sutkagacha boʻlgan muddatda oʻziga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror chiqarilgan shaxsga, maʼmuriy huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzgan organga, shuningdek jabrlanuvchiga uning soʻroviga binoan topshiriladi yoki yuboriladi.
Sudning maʼmuriy qamoqqa olish yoki maʼmuriy tartibda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan qaror qabul qilingan kuni u qarorni ijro etuvchi organning, mansabdor shaxsning, shuningdek oʻziga nisbatan qaror qabul qilingan shaxsning va jabrlanuvchining eʼtiboriga yetkaziladi.
