32433-modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-463-son) · Sana: 29.01.2018 · Amalda
Sud qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizani, agar uni ish yuritishga qabul qilish haqidagi masalani hal qilishda quyidagilarni aniqlasa, qaytaradi:
1) ariza ushbu Kodeksning 32430 va 32431-moddalarida belgilangan qoidalar buzilgan holda berilganligini;
2) ariza belgilangan muddat oʻtganidan soʻng berilganligini va uni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud emasligini;
3) muddatni oʻtkazib yuborish sabablari uzrsiz ekanligini, shunga koʻra ariza berish uchun oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashga asos mavjud emasligini.
Arizani qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Sudning arizani qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan soʻng ariza bergan shaxs ariza bilan sudga yangidan murojaat qilishga haqli.
