32431-modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-463-son) · Sana: 29.01.2018 · Amalda
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza sudga yozma shaklda beriladi. Ariza uni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning turgan joyi (pochta manzili) yoki yashash joyi;
3) arizachi yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishni talab qilayotgan sud hujjatini qabul qilgan sudning nomi; ishning raqami, sud hujjati qabul qilingan sana;
4) arizachining hujjatlarga havola qilingan fikriga koʻra qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini qayta koʻrib chiqish uchun asos boʻladigan yangi ochilgan holat;
5) ariza berayotgan shaxsning talabi;
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati.
Arizaga quyidagilar ilova qilingan boʻlishi kerak:
1) yangi ochilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusxalari;
2) arizachi qayta koʻrib chiqishni talab qilayotgan sud hujjatining koʻchirma nusxasi;
3) ariza vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uni imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat.
