“3031-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish materiallarini qaytarish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-463-son) · Sana: 29.01.2018 · Amalda
Maʼmuriy ish mazkur organga (mansabdor shaxsga) taalluqli boʻlmagan (sudloviga tegishli boʻlmagan) yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish materiallari ushbu Kodeksning 281 va 282-moddalarida nazarda tutilgan talablar buzilgan holda yuborilgan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish materiallari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani tuzgan organga (mansabdor shaxsga) qaytariladi”;
14) 311-moddaning birinchi qismi “eʼlon qilinadi” degan soʻzlardan keyin “va u chiqarilgan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
15) 314-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha maʼmuriy sudning qarori ustidan shikoyat qilish ushbu Kodeksning XXIV1 bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
16) 315-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki tuman (shahar) maʼmuriy sudiga, maʼmuriy sudning qarori ustidan esa kassatsiya instansiyasi sudiga shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Iqtisodiy sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida belgilangan tartibda, fuqarolik ishlari boʻyicha sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan esa Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin”;
17) 317-modda:
birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) maʼmuriy sud sudyasining qarori ustidan — ushbu Kodeksning XXIV1 bobida belgilangan tartibda kassatsiya instansiyasi sudiga”;
ikkinchi qismidagi “Xoʻjalik-protsessual kodeksida” degan soʻzlar “Iqtisodiy protsessual kodeksida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 319-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror ustidan shikoyat yoki protest tuman (shahar) maʼmuriy sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi va uning natijalariga koʻra, ushbu Kodeksning 321-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan qaror qabul qilinadi”;
