Qoʻriqlash xizmati koʻrsatish boʻyicha namunaviy shartnomani tasdiqlash haqida (2966-son)
29.01.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 29-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2966]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi PQ-2883-son “Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 421-son “Ichki ishlar organlari qoʻriqlash xizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi va Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Qoʻriqlash xizmati koʻrsatish boʻyicha namunaviy shartnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 20-martdagi 8, 23, 01/19-26/11-son “Qoʻriqlash boʻyicha xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida namunaviy shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2573, 2014-yil 8-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 15-son, 173-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 4-yanvar,
1-son
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 4-yanvar,
1-son
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2018-yil 4-yanvar,
01/15-1-10/01-son
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 4-yanvardagi 1, 1, 01/15-1-10/01-son qaroriga ILOVA
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2018-y., 10/18/2966/0631-son)
