Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi · Sana: 25.01.2018 · Amalda
Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga barcha protsessual harakatlarni vakolat beruvchi nomidan amalga oshirish huquqini beradi, bundan kelishuv bitimi tuzish huquqi mustasno.
Shartnoma boʻyicha vakillik qiluvchining arz qilingan talabdan toʻliq yoki qisman voz kechish, uning asosini yoki predmetini oʻzgartirish, arizachining talablarini tan olish, vakolatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish (boshqa shaxsga ishonib topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani imzolash, sud hujjatining majburiy ijro etilishini talab qilish vakolatlarining har biri vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-3527353
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 62-modda. Vakilning vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-3527365/62 (lex.uz/docs/-3527353)