Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi · Sana: 25.01.2018 · Amalda
Sudga murojaat qilish:
fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi maʼmuriy ishlar boʻyicha, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza (shikoyat) va iltimosnoma shaklida;
apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyalari sudlariga murojaat etilganda, shuningdek ushbu Kodeks hamda boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi.
Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-3527353
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 5-modda. Sudga murojaat qilish shakli Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-3527365/5 (lex.uz/docs/-3527353)