Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi · Sana: 25.01.2018 · Amalda
Sud majlisi vaqtida sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sud majlisining kotibi vazifalarini bajaradi.
Sud majlisining kotibi maʼmuriy ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash uchun zarur boʻlgan harakatlarni amalga oshiradi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud muhokamasining vaqti va joyi haqida xabardor qiladi hamda ularning sudga kelgan-kelmaganligini tekshiradi, kelmaganligi sabablarini aniqlashtiradi va bu haqda sudyaga maʼlum qiladi, bajarilayotgan protsessual harakatlar boʻyicha bayonnoma yuritadi, sudyaning sud majlisiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish, shuningdek sud hujjatini ijroga yuborish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa topshiriqlarini bajaradi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-3527353
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 49-modda. Sud majlisining kotibi Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-3527365/49 (lex.uz/docs/-3527353)