105-modda. Arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish asoslari
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi · Sana: 25.01.2018 · Amalda
Sud quyidagi hollarda arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldiradi, agar:
1) fuqarolik ishlari boʻyicha sud, maʼmuriy sud ish yurituvida ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa;
2) ariza (shikoyat) imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa;
21) dastlabki eshituv natijasi boʻyicha arizachi arizani koʻrmasdan qoldirish haqida arz qilgan boʻlsa;
3) arizachi birinchi sud majlisiga kelmagan va ishni oʻzining ishtirokisiz koʻrilishi toʻgʻrisida arz qilmagan boʻlsa;
4) arizachining manfaatlarini koʻzlab prokuror, davlat organi va boshqa shaxs tomonidan arz qilingan talabdan arizachi voz kechgan boʻlsa;
5) ariza (shikoyat) sud muomalaga layoqatsiz deb topgan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa.
