Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida (404-son)
23.08.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoniga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida boshqarish tuzilmasini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi markaziy apparatining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 7-maydagi 215-son qaroriga 2-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 47-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 23-avgust,
404-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-avgustdagi 404-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi markaziy apparatining tuzilmasi
