Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti oʻrtasida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish shartlari toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqida (676-II-son)
27.08.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Shanxay hamkorlik tashkiloti oʻrtasida Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish shartlari toʻgʻrisidagi bitim ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2004-yil 27-avgust,
676-II-son
