Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Imtiyoz va immunitetlari toʻgʻrisidagi konvensiyani ratifikatsiya qilish haqida (675-II-son)
27.08.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Shanxay hamkorlik tashkilotining imtiyoz va immunitetlari toʻgʻrisidagi konvensiya ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2004-yil 27-avgust,
675-II-son
