Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi havo fazosining xavfsizligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi havo hujumiga qarshi mudofaa qoʻshinlari va harbiy-havo kuchlaridan hamda Rossiya Federatsiyasi harbiy-havo kuchlaridan birgalikda foydalanish toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqida (672-II-son)
27.08.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi havo fazosining xavfsizligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Havo hujumiga qarshi mudofaa qoʻshinlari va Harbiy-havo kuchlaridan hamda Rossiya Federatsiyasi Harbiy-havo kuchlaridan birgalikda foydalanish toʻgʻrisidagi bitim ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2004-yil 27-avgust,
672-II-son
