Harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni harbiy-akademik litseylar, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandiga qoʻshimcha kiritish haqida (2874-1-son)
25.01.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 25-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2874-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi PF-4960-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari pensionerlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2017-yil 28-fevraldagi 4, 5-k/k, 18, 08/kk-son qarori (roʻyxat raqami 2874, 2017-yil 13-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 15-son, 262-modda) bilan tasdiqlangan Harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni harbiy-akademik litseylar, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi “(roʻyxat raqami 1461, 2005-yil 28-mart)” degan soʻzlardan keyin “hamda Akademik litseylarga oʻqituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2910, 2017-yil 3-avgust)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri A. AZIZOV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-yanvar,
2-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-yanvar,
3-q/q-son
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-yanvar,
5-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori M. XOLMUXAMEDOV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-yanvar,
1/qq-son
