Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi · Sana: 24.01.2018 · Amalda
Ishni koʻrayotgan sud boshqa tuman yoki shahar hududidagi dalillarni olish zarur boʻlgan taqdirda, tegishli sudga muayyan protsessual harakatlarni bajarishni topshirishga haqli.
Sud topshirigʻi toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrilayotgan ishning mazmuni qisqacha bayon qilinadi, aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar, topshiriqni bajaradigan sud toʻplashi kerak boʻlgan dalillar koʻrsatiladi.
Sud topshirigʻi toʻgʻrisidagi ajrim topshiriq berilgan sud uchun majburiydir va u ajrim olingan paytdan eʼtiboran oʻn besh kungacha boʻlgan muddatda bajarilishi kerak.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-3523891
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 91-modda. Sud topshiriqlari Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-3523895/91 (lex.uz/docs/-3523891)