Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi · Sana: 24.01.2018 · Amalda
Vakilning sudda ish yuritishga doir vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma uning rahbari yoki taʼsis hujjatlarida shunday vakolat berilgan boshqa shaxs tomonidan imzolangan va ushbu yuridik shaxsning muhri bilan (muhr mavjud boʻlganda) tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Advokatning vakolatlari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Shartnoma boʻyicha vakil sifatida harakat qiluvchi shaxs (bundan advokat mustasno) ishonchnomadan tashqari sudga shartnoma boʻyicha vakil maqomini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-3523891
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 62-modda. Vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-3523895/62 (lex.uz/docs/-3523891)