Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi · Sana: 24.01.2018 · Amalda
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) ishni taftish tartibida koʻradigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari nomiga yoʻllanadi, biroq hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud taftish tartibidagi shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni ishni taftish tartibida koʻradigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga ish bilan birga yuborishi shart.
Ushbu Kodeks 307-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan sud hujjatlari ustidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-3523891
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 309-modda. Taftish tartibida shikoyat (protest) berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-3523895/309 (lex.uz/docs/-3523891)