Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi · Sana: 24.01.2018 · Amalda
Bir necha daʼvogarning talablari qanoatlantirilganda hal qiluv qarorining xulosa qismida sud ularning har biriga nisbatan uning qaysi qismi tegishliligini koʻrsatadi.
Bir necha javobgarga nisbatan talablar qanoatlantirilganda sud hal qiluv qarorining xulosa qismida javobgarlar zimmasiga ulushli yoki solidar javobgarlik yuklatilganligini koʻrsatadi.
Dastlabki va qarshi daʼvolar toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganda hal qiluv qarorining xulosa qismida sud daʼvolarni oʻzaro hisobga olish natijasida undirilishi lozim boʻlgan summani koʻrsatadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-3523891
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 185-modda. Bir necha daʼvogar foydasiga yoki bir necha javobgarga qarshi qabul qilingan hal qiluv qarori Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-3523895/185 (lex.uz/docs/-3523891)