Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi · Sana: 24.01.2018 · Amalda
Taraflar nizoni kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzib hal etishi mumkin.
Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv daʼvo tartibidagi har qanday ish boʻyicha tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi iqtisodiy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida va sud hujjatini ijro etish jarayonida, mediativ kelishuv esa birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar taraflar tomonidan tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi u sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan hisoblanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-3523891
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 131-modda. Kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzish Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-3523895/131 (lex.uz/docs/-3523891)