Hukumatlararo bitimni tasdiqlash toʻgʻrisida (326-son)
30.07.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Gruziya Respublikasi ijro etuvchi hokimiyati oʻrtasida huquqiy axborot almashish toʻgʻrisidagi bitim (Toshkent shahri, 2000-yil 3-fevral);
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2001 — 2010-yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida Bitim (Toshkent shahri, 2001-yil 18-aprel).
2. Bosh vazir oʻrinbosari R. Yunusov, tashqi ishlar vaziri A. Komilov hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasining mazkur bitimlarda nazarda tutilgan majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 30-iyul,
326-son
