Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (339-son)
30.08.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Import isteʼmol tovarlari olib kelish va sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 24-iyundagi 242-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 30-avgust,
339-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-avgustdagi 339-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritiladigan ayrim
OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozlari va Davlat budjeti toʻgʻrisida” 1999-yil 31-dekabrdagi 554-son qarorida:
4-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi daromadiga tabaqalashtirilgan soliq stavkalari”
Eslatma: *Stavka daromadlilikning belgilangan darajasidan oshuvchi daromadlarga nisbatan qoʻllaniladi”; 8-2-ilovadagi tovar nomlari: “3 kilogrammgacha qadoqlangan qora va koʻk choy”, “oʻsimlik moyi”, “mol yogʻi”, “shakar-qand” va unga tegishli tashqi iqtisodiy faoliyat TN kodi va stavkalar chiqarib tashlansin”.
