Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida (421-son)
04.12.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Roʻza hayiti” munosabati bilan 1991-yil 11-apreldagi 193-son Farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2002-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 6-dekabrga toʻgʻri kelishi haqida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi murojaatini eʼtiborga olib, 2002-yil 6-dekabr dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.
2. Mutasaddi idora va jamoat tashkilotlari Ramazon hayiti bayramini joylarda munosib tarzda oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 4-dekabr,
421-son
