Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida (2175-4-son)
22.01.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 22-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2175-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3231-son “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 30-noyabrdagi 102-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175, 2010-yil 30-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 531-modda) bilan tasdiqlangan Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandidagi “Bosh nazorat-taftish boshqarmasi” degan soʻzlar “Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-dekabr,
188-son
