Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (27-son)
15.01.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarori ijrosini taʼminlash hamda tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari (keyingi oʻrinlarda ABKM deb ataladi) joylashgan bino va inshootlar xatlovdan oʻtkazilganligi va uning natijalari boʻyicha tashkil etiladigan shahar (tuman) Davlat xizmatlari markazlari bilan bandlik sohasida oʻzaro hamkorlikda davlat xizmatlari koʻrsatishga doir samarali, tezkor va shaffof faoliyat koʻrsatishini taʼminlovchi ABKMlarning zamonaviy binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha namunaviy loyiha tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra ishlab chiqilgan 2018 — 2021-yillarda tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari ABKMlarning binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi hisoblanishi, loyihalash va bosh pudratchi tashkilotlar belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tanlov (tender) savdolari natijalaridan kelib chiqqan holda aniqlanishi belgilab qoʻyilsin.
4. ABKMlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha buyurtmachilar belgilangan tartibda:
loyihalash tashkilotlari bilan birgalikda — loyiha-smeta hujjatlarining zamonaviy va optimal arxitektura yechimlarini qoʻllagan holda ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini;
qurilish tashkilotlari bilan birgalikda — qurilish-montaj ishlarining tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq sifatli bajarilishini taʼminlasinlar.
5. Quyidagilar Dasturning amalga oshirilishini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ABKM binolarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash, jihozlash va ularga yondosh hududlarni obodonlashtirish ishlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari;
ABKM binolarini qurish boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining 2019 — 2020-yillarga moʻljallangan Davlat rivojlanish dasturlari parametrlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan markazlashtirilgan qoʻyilmalar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Dasturni amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy institutlar mablagʻlarini va texnik koʻmaklashish loyihalarini, shuningdek, homiylik xayriyalarini jalb etish chora-tadbirlarini koʻrsin.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari ABKM binolari qurilishi uchun, muhandislik va yoʻl-transport infratuzilmasi bilan toʻliq taʼminlanganligini va fuqarolar uchun qulay joylashtirishni hisobga olgan holda, yer uchastkalari ajratilishini taʼminlasinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-2020-yillarga moʻljallangan Davlat rivojlanish dasturlarini shakllantirishda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida ilovaga muvofiq ABKM binolari qurilishi uchun kapital qoʻyilmalarning tegishli limitlarini nazarda tutsinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish davlat qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini va bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan arxitektura-qurilish nazoratini belgilangan tartibda taʼminlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-yanvar,
27-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 27-son qaroriga ILOVA
2018 — 2021-yillarda tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
DASTURI
T/r Tuman (shahar)lar nomi, ish turlari (mebel va tashkiliy texnika bilan taʼminlagan holda) Ishlarning hisoblangan qiymati (mln soʻm)* Shu jumladan yillar boʻyicha** 2018-yil 2019-yil 2020-yil 2021-yil I. Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga ABKM binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish 1. Moʻynoq tumani 760,0 760,0 Rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash 2. Nukus shahri 350,0 350,0 3. Xoʻjayli tumani 350,0 350,0 4. Qoraoʻzak tumani 200,0 200,0 5. Qoʻngʻirot tumani 250,0 250,0 6. Taxtakoʻpir tumani 220,0 220,0 7. Toʻrtkoʻl tumani 450,0 450,0 8. Taxiatosh tumani 350,0 350,0 9. Amudaryo tumani 250,0 250,0 10. Beruniy tumani 150,0 150,0 11. Qonlikoʻl tumani 210,0 210,0 12. Kegeyli tumani 200,0 200,0 13. Nukus tumani 150,0 150,0 14. Ellikqalʼa tumani 230,0 230,0 15. Shumanay tumani 120,0 120,0 Jami: 4240,0 1 510,0 920,0 1010,0 800,0 Andijon viloyati Qurilish 16. Xonobod shahri 700,0 700,0 17. Ulugʻnor tumani 700,0 700,0 18. Asaka tumani 700,0 700,0 19. Baliqchi tumani 700,0 700,0 20. Marhamat tumani 700,0 700,0 21. Xoʻjaobo� tumani 650,0 650,0 22. Shaxrixon tumani 650,0 650,0 23. Paxtaobod tumani 750,0 750,0 Mukammal taʼmirlash 24. Boʻz tumani 100,0 100,0 25. Buloqboshi tumani 250,0 250,0 26. Qoʻrgʻontepa tumani 100,0 100,0 Jami: 6 000,0 1 550,0 1 400,0 950,0 2 100,0 Buxoro viloyati Qurilish 27. Kogon shahri 750,0 750,0 28. Olot tumani 750,0 750,0 29. Kogon tumani 750,0 750,0 Rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash 30. Buxoro tumani 250,0 250,0 31. Qorakoʻl tumani 250,0 250,0 32. Peshku tumani 250,0 250,0 33. Buxoro shahri 100,0 100,0 34. Gʻijduvon tumani 250,0 250,0 35. Qorovulbozor tumani 250,0 250,0 36. Romitan tumani 250,0 250,0 37. Shofirkon tumani 180,0 180,0 Jami: 4 030,0 1 250,0 930,0 1 750,0 100,0 Jizzax viloyati Qurilish 38. Jizzax shahri 720,0 720,0 39. Sh.Rashidov tumani 720,0 750,0 40. Zarbdor tumani 750,0 720,0 41. Zomin tumani 750,0 750,0 Rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash 42. Zafarobod tumani 350,0 350,0 43. Yangiobod tumani 250,0 250,0 44. Baxmal tumani 350,0 350,0 45. Doʻstlik tumani 250,0 250,0 46. Mirzachoʻl tumani 350,0 350,0 47. Paxtakor tumani 300,0 300,0 48. Forish tumani 350,0 350,0 Jami: 5 140,0 1 700,0 1 820,0 970,0 650,0 Qashqadaryo viloyati Qurilish 49. Kitob tumani 750,0 750,0 50. Yakkabogʻ tumani 750,0 750,0 Rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash 51. Muborak tumani 350,0 350,0 52. Gʻuzor tumani 250,0 250,0 53. Dehqonobod tumani 250,0 250,0 54. Nishon tumani 250,0 250,0 55. Qarshi shahri 250,0 250,0 56. Qarshi tumani 220,0 220,0 57. Qamashi tumani 104,0 104,0 58. Koson tumani 102,0 102,0 59. Mirishkor tumani 105,0 105,0 60. Shahrisabz tumani 250,0 250,0 Jami: 3 631,0 1 600,0 1 072,0 354,0 605,0 Navoiy viloyati Qurilish 62. Navoiy shahri 850,0 850,0 63. Karmana tumani 850,0 850,0 64. Konimex tumani 850,0 850,0 65. Qiziltepa tumani 850,0 850,0 66. Nurota tumani 850,0 850,0 Rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash 67. Zarafshon shahri 250,0 250,0 68. Navbahor tumani 250,0 250,0 69. Xatirchi tumani 200,0 200,0 Jami: 4 950,0 1 300,0 1 700,0 850,0 1 100,0 Namangan viloyati Qurilish 70. Mingbuloq tumani 800,0 800,0 71. Namangan tumani 750,0 750,0 72. Norin tumani 750,0 750,0 73. Uychi tumani 750,0 750,0 74. Uchqoʻrgʻon tumani 800,0 800,0 Rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash 75. Namangan shahri 250,0 250,0 76. Koson tumani 250,0 250,0 77. Pop tumani 250,0 250,0 78. Toʻraqoʻrgʻon tumani 250,0 250,0 79. Chortoq tumani 200,0 200,0 80. Yangiqoʻrgʻon tumani 250,0 250,0 Jami: 5 300,0 1 200,0 2 000,0 500,0 1 600,0 Samarqand viloyati Qurilish 81. Bulungʻur tumani 750,0 750,0 82. Koʻshrabot tumani 750,0 750,0 83. Paxtachi tumani 750,0 750,0 Rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash 84. Oqdaryo tumani 500,0 500,0 85. Jomboy tumani 500,0 500,0 86. Narpay tumani 500,0 500,0 87. Payariq tumani 500,0 500,0 88. Urgut tumani 500,0 500,0 89. Samarqand shahri 250,0 250,0 90. Kattaqoʻrgʻon shahri 250,0 250,0 91. Ishtixon tumani 250,0 250,0 92. Kattaqoʻrgʻon tumani 250,0 250,0 93. Pastdargʻom tumani 250,0 250,0 94. Samarqand tumani 250,0 250,0 95. Nurobod tumani 250,0 250,0 96. Tayloq tumani 250,0 250,0 Jami: 6750,0 1 500,0 1 000,0 3 000,0 1 250,0 Surxondaryo viloyati Qurilish 97. Termiz shahri 800,0 800,0 98. Denov tumani 800,0 800,0 99. Sariosiyo tumani 800,0 800,0 100. Termiz tumani 800,0 800,0 101. Sherobod tumani 800,0 800,0 Rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash 102. Muzrabot tumani 400,0 400,0 103. Oltinsoy tumani 400,0 104. Uzun tumani 400,0 400,0 105. Shoʻrchi tumani 400,0 400,0 106. Boysun tumani 300,0 300,0 107. Jarqoʻrgʻon tumani 200,0 200,0 108. Qumqoʻrgʻon tumani 200,0 200,0 109. Qiziriq tumani 300,0 300,0 Jami: 6 600,0 1 400,0 1 000,0 1 800,0 2 400,0 Sirdaryo viloyati Qurilish 110. Shirin shahri 750,0 750,0 111. Oq oltin tumani 750,0 750,0 112. Boyovut tumani 750,0 750,0 113. Guliston tumani 750,0 750,0 114. Sirdaryo tumani 750,0 750,0 Rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash 115. Yangiyer shahri 380,0 380,0 116. Sardoba tumani 250,0 250,0 117. Xovos tumani 250,0 250,0 118. Guliston shahri 200,0 550,0 Jami: 4 830,0 550,0 1 750,0 1 380,0 1 500,0 Toshkent viloyati Qurilish 119. Nurafshon shahri 700,0 700,0 120. Parkent tumani 700,0 700,0 121. Yuqori Chirchiq tumani 700,0 700,0 122. Yangiyoʻl tumani 750,0 750,0 123. Yangiyoʻl shahri 750,0 750,0 Rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash 124. Angren shahri 350,0 350,0 125. Ohangaron tumani 350,0 350,0 126. Toshkent tumani 350,0 350,0 127. Oqqoʻrgʻon tumani 350,0 350,0 128. Boʻka tumani 350,0 350,0 129. Oʻrta Chirchiq tumani 350,0 350,0 130. Piskent tumani 350,0 350,0 131. Chinoz tumani 350,0 350,0 132. Chirchiq shahri 250,0 250,0 133. Olmaliq shahri 250,0 250,0 134. Boʻstonliq tumani 250,0 250,0 135. Bekobod tumani 300,0 300,0 136. Qibray tumani 300,0 300,0 137. Quyi Chirchiq tumani 300,0 300,0 Jami: 8 050,0 950,0 1 900,0 3 050,0 2 150,0 Fargʻona viloyati Qurilish 138. Qoʻqon shahri 750,0 750,0 139. Margʻilon shahri 700,0 700,0 140. Quvasoy shahri 700,0 700,0 141. Quva tumani 750,0 750,0 142. Fargʻona tumani 750,0 750,0 143. Dangʻara tumani 800,0 800,0 144. Furqat tumani 800,0 800,0 145. Yozyovon tumani 750,0 750,0 Rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash 146. Qoʻshtepa tumani 250,0 250,0 147. Buvayda tumani 250,0 250,0 148. Beshariq tumani 350,0 350,0 149. Uchkoʻprik tumani 250,0 250,0 150. Toshloq tumani 250,0 250,0 151. Oltiariq tumani 200,0 200,0 152. Bogʻdod tumani 250,0 250,0 153. Soʻx tumani 200,0 200,0 Jami: 8 000,0 1 350,0 2 250,0 2 350,0 2 050,0 Xorazm viloyati Qurilish 154. Xiva shahri 700,0 700,0 155. Gurlan tumani 700,0 700,0 156. Urganch tumani 750,0 750,0 157. Hazorasp tumani 750,0 750,0 158. Yangiariq tumani 700,0 700,0 Rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash 159. Qoʻshkoʻpir tumani 350,0 350,0 160. Honqa tumani 350,0 350,0 161. Xiva tumani 350,0 350,0 162. Shovot tumani 350,0 350,0 163. Yangibozor tumani 350,0 350,0 164. Urganch shahri 250,0 250,0 Jami: 5 600,0 700,0 1 400,0 1 400,0 2 100,0 Toshkent shahri Qurilish 165. Bektemir tumani 800,0 800,0 166. Olmazor tumani 800,0 800,0 167. Shayxontohur tumani 800,0 800,0 168. Yunusobod tumani 800,0 800,0 169. Chilonzor tumani 800,0 800,0 Mukammal taʼmirlash 170. Mirzo Ulugʻbek tumani 400,0 400,0 171. Mirobod tumani 400,0 400,0 172. Sirgʻali tumani 400,0 400,0 173. Yakkasaroy tumani 400,0 400,0 174. Yashnobod tumani 400,0 400,0 Jami: 6 000,0 2 000,0 2 000,0 1 200,0 800,0 Hammasi: 79121,0 18 560,0 18 142,0 20 564,0 19 205,0 II. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar mablagʻlari hisobiga ABKM binolarini qurish *** Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Chimboy tumani 780,0 780,0 Andijon viloyati 2. Andijon tumani 700,0 700,0 3. Jalaquduq tumani 700,0 700,0 Buxoro viloyati 4. Vobkent tumani 750,0 750,0 5. Jondor tumani 750,0 750,0 Jizzax viloyati 6. Arnasoy tumani 750,0 750,0 7. Gʻallaorol tumani 720,0 720,0 Qashqadaryo viloyati 9. Kasbi tumani 750,0 750,0 10. Chiroqchi tumani 750,0 750,0 Navoiy viloyati 11. Uchquduq tumani 850,0 850,0 12. Tomdi tumani 850,0 850,0 Namangan viloyati 13. Chust tumani 750,0 750,0 Surxondaryo viloyati 14. Angor tumani 800,0 800,0 Sirdaryo viloyati 15. Mirzaobod tumani 750,0 750,0 16. Sayxunobod tumani 750,0 750,0 Toshkent viloyati 17. Ohangaron shahri 750,0 750,0 18. Zangiota tumani 750,0 750,0 Fargʻona viloyati 19. Rishton tumani 700,0 700,0 20. Fargʻona shahri 750,0 750,0 Xorazm viloyati 21. Bogʻot tumani 800,0 800,0 Jami: 15 150,0 7 600,0 7 550,0 HAMMASI: 94 271,0 18 560,0 28 742,0 28 114,0 19 205,0
* amalga oshiriladigan ishlarning hisoblangan qiymati loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangandan, shuningdek, tanlov (tender) savdolari oʻtkazilgandan soʻng aniqlashtiriladi;
** Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi zaruriyatdan kelib chiqqan holda hamda Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi maqsadga muvofiqligidan kelib chiqib, bajariladigan ishlar muddati, summasiga va turiga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega;
*** Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalari mablagʻlari hisobidan quriladigan ABKM binolarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirish Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga mazkur Dasturda belgilangan muddatlardagi yillarda amalga oshiriladi.
