Yosh isteʼdodlar uchun “Nihol” mukofotini taʼsis etish toʻgʻrisida (334-son)
25.08.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yosh isteʼdod egalarining jamiyatimiz maʼnaviy hayotini yuksaltirishdagi muhim oʻrnini inobatga olib, oʻzining musiqa, matn va ijro mahorati bilan odamlarning yuragiga yetib boradigan, ezgulikka chorlaydigan, iroda va imon-eʼtiqodini mustahkamlashga xizmat qiladigan asarlar yaratishda faollik koʻrsatayotgan iqtidorli yoshlarni muntazam ragʻbatlantirib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Madaniyat ishlari vazirligi, ijodiy uyushmalar va sanʼat jamoatchiligining yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash uchun “Nihol” mukofotini taʼsis etish haqidagi takliflari maʼqullansin.
“Nihol” mukofoti yakka va turkum musiqiy asarlar yaratish va ijro etishda yuksak badiiy mahorat koʻrsatgan, 25 yoshgacha boʻlgan ijodkorlarga har ikki yilda bir marta Mustaqillik bayrami arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Nihol” mukofoti sovrindorlariga har ikki yilda bir marta bazaviy hisoblash miqdorining 70 barobari miqdorida 15 ta pul mukofoti ajratilishini, sovrinlarni tayyorlash, matbaa, reklama va tashkiliy ishlar bilan bogʻliq tegishli sarf-xarajatlarning qoplanishini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 25-avgust,
334-son
